Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Oliy liga 8-turida eng ko‘p tomoshabin Samarqandga tashrif buyurdi

Oliy liga 8-turida eng ko‘p tomoshabin Samarqandga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -

Oliy Liganing yakunlangan 8-tur uchrashuvlari ham muxlislarga bir qator kutilmagan natijalar va shiddatli bahslarni taqdim etdi.

Chempionatning taxmin qilib bo‘lmas o‘yinlarga boy o‘tayotgani esa muxlislarning katta qiziqishiga sabab bo‘ladi. Xususan, Samarqanddagi «Dinamo» o‘yingohi joriy mavsumdagi har o‘yinda muxlislar bilan to‘lib toshmoqda.

Oliy Liga 8-tur uchrashuvlari yakunlariga binoan, bu safar ham samarqandlik muxlislar o‘yingohga tashrif buyurish bo‘yicha peshqadam bo‘lishdi. Jumladan, «Dinamo» - «So‘g‘diyona» (2:2) uchrashuvida «Dinamo» markaziy o‘yingohida 12 805 tomoshabin tashrif buyurgan. Bu 8-turda eng ko‘p tomoshabin to‘plangan bahsga aylandi.

E’tiborlisi, bunga qadar ham Samarqandda o‘tgan «Dinamo»ning «Sho‘rtan», «Navbahor», «Buxoro»ga qarshi uchrashuvlari ham turning eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘yini bo‘lgan edi.

Oliy Liga. 8-tur o‘yinlaridagi muxlislar tashrifi:

«Dinamo» – «So‘g‘diyona» – 2:2. Samarqand, 12 805 tomoshabin.

«Qizilqum» – «Nasaf» – 1:1. Navoiy, 7538 tomoshabin.

«Sho‘rtan» – «Qo‘qon-1912» – 2:3. G‘uzor, 3517 tomoshabin.

«Mash’al» – «Bunyodkor» – 1:0. Muborak, 2896 tomoshabin.

«Paxtakor» – «Navbahor» – 1:0. Toshkent, 1552 tomoshabin.

«Metallurg» – «Buxoro» – 1:2. Bekobod, 1429 tomoshabin.

«Neftchi» – «Olmaliq» – 1:1. 1250 tomoshabin.

«Lokomotiv» – «Obod» – 7:0. 515 tomoshabin.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan 7-turda eng ko‘p tomoshabin yig‘ilgan o‘yin Namanganda «Navbahor» - «Sho‘rtan» (1:0) o‘yinida qayd etilib, bahsda 12 705 tomoshabin tashrif buyurgandi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 12:28, 30.04.2017.
O'qildi: 4578 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.