Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

Eng ko‘p tomoshabin 4-marta Samarqandda yig‘ildi

Eng ko‘p tomoshabin 4-marta Samarqandda yig‘ildi

Baho:
+ | -

Oliy Liganing yakunlangan 8-tur uchrashuvlari ham muxlislarga bir qator kutilmagan natijalar va shiddatli bahslarni taqdim etdi.

Chempionatning taxmin qilib bo‘lmas o‘yinlarga boy o‘tayotgani esa muxlislarning katta qiziqishiga sabab bo‘ladi. Xususan, Samarqanddagi «Dinamo» o‘yingohi joriy mavsumdagi har o‘yinda muxlislar bilan to‘lib toshmoqda.

Oliy Liga 8-tur uchrashuvlari yakunlariga binoan, bu safar ham samarqandlik muxlislar o‘yingohga tashrif buyurish bo‘yicha peshqadam bo‘lishdi. Jumladan, «Dinamo» - «So‘g‘diyona» (2:2) uchrashuvida «Dinamo» markaziy o‘yingohida 12 805 tomoshabin tashrif buyurgan. Bu 8-turda eng ko‘p tomoshabin to‘plangan bahsga aylandi.

E’tiborlisi, bunga qadar ham Samarqandda o‘tgan «Dinamo»ning «Sho‘rtan», «Navbahor», «Buxoro»ga qarshi uchrashuvlari ham turning eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘yini bo‘lgan edi.

Oliy Liga. 8-tur o‘yinlaridagi muxlislar tashrifi:

«Dinamo» – «So‘g‘diyona» – 2:2. Samarqand, 12 805 tomoshabin.

«Qizilqum» – «Nasaf» – 1:1. Navoiy, 7538 tomoshabin.

«Sho‘rtan» – «Qo‘qon-1912» – 2:3. G‘uzor, 3517 tomoshabin.

«Mash’al» – «Bunyodkor» – 1:0. Muborak, 2896 tomoshabin.

«Paxtakor» – «Navbahor» – 1:0. Toshkent, 1552 tomoshabin.

«Metallurg» – «Buxoro» – 1:2. Bekobod, 1429 tomoshabin.

«Neftchi» – «Olmaliq» – 1:1. 1250 tomoshabin.

«Lokomotiv» – «Obod» – 7:0. 515 tomoshabin.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan 7-turda eng ko‘p tomoshabin yig‘ilgan o‘yin Namanganda «Navbahor» - «Sho‘rtan» (1:0) o‘yinida qayd etilib, bahsda 12 705 tomoshabin tashrif buyurgandi.

«Dinamo» klubi matbuot xizmati.

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 09:45, 01.05.2017.
O'qildi: 3727 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.