Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Fozil Musayevning Yaponiya taassurotlari haqida batafsil

Fozil Musayevning Yaponiya taassurotlari haqida batafsil

Baho:
+ | -

Xorijda to‘p surayotgan futbolchilarimizga qarasak, hozirda Fozil Musayev yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotganini ko‘ramiz. Xursand qiladigan tomoni, milliy jamoamizga nomzod sanalgan yarim himoyachi Osiyo­dagi eng kuchli chempionatlaridan biri - Yaponiya J-ligasida binoyidek klub - «Jubilo Ivata» sharafini munosib himoya qilmoqda. Biz esa yagona legionerimizni maxsus suhbatga chorlab, uning J-ligasidagi faoliyati va ilk taassurotlari bilan qiziqdik. Quyi­da shu intervyuning qisqartirilgan variantini o‘qishingiz mumkin.

- Fozil, suhbatimizni birinchi murabbiyingiz va hayotdagi ustozingiz haqida boshlasak...

- Otam vaqtida futbol bilan shug‘ullangan va ko‘rib turganingizdek, aynan uning izidan bordim. Birinchi murabbiyim sifatida ham otamni ko‘rsataman.  Keyingi murabbiyim - Ahmad Ubaydullayev. Ma’lum vaqt Chig‘atoydagi bazada aynan shu mutaxassis qo‘l ostida shug‘ullanganman. O‘sha davrni hech qachon unutmayman. Axir endi-endi futboldagi yo‘lni boshlagan payting senga har tomonlama ko‘mak bergan insonlarni esdan chiqarish mumkinmi?

- Qaysi g‘alaba va mag‘lubiyat xotirangizga alohida muhrlanib qolgan?

- Eng esda qoladigan g‘alabani Erondagi faoliyatimda nishonlaganman. Chunonchi, mamlakat chempioni masalasi so‘nggi turda hal bo‘lgandi. Finish marrasidan oldin «Traktorsozi» va «Naft Tehron» jamoalari 1-2-o‘rinlarni bo‘lishib turgandi. Mening jamoam - «Sepahon» esa ulardan keyingi pog‘onada edi. Oxirgi turda ikki peshqadam o‘zaro bahs olib bordi. Xullas, oltin medal yutishimiz uchun o‘zimiz g‘alaba qozonishimizdan tashqari, yuqoridagi ikki klubning o‘zaro bahs­da durang qayd etishi talab etilardi. Qarangki, o‘sha kuni omad bizga kulib boqdi. Ya’ni «Traktorsozi» va «Naft Tehron» durang natijada to‘xtab, «sovg‘a» ulashdi va «Sepahon» o‘z o‘yinini g‘alaba bilan yakunlab, Eron chempioni bo‘ldi. Eng achinarli mag‘lubiyatga kelsak, London Olimpiadasi saralashi doirasida kechgan oxirgi o‘yinni eslashga majburman. Eh, qanday omadsizlik... Axir O‘zbekiston termasi safida BAA olimpiyachilariga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobida oldinda borayotib, oxirgi daqiqalarda 2ta gol qo‘yib yuborgan va yakunda alamli mag‘lubiyatga uchragandik - 2:3. Natijada London Olimpiadasiga borish umidimiz chilparchin bo‘lgandi.

- Endi eng muhimi: Yaponiyaga qay tariqa borib qoldingiz?

- Transferim tarixi oddiy, bunda qandaydir fantastik voqeylik yo‘q. Avvalgi mavsum «Nasaf»da o‘ynagan vaqtdayoq menda Yaponiya chempionatiga ko‘chib o‘tish imkoniyati vujudga kelishi mumkinligini bilgandim. Keyinroq «Jubilo Ivata» vakillari «Bun­yodkor»dagi o‘yinlari bilan tanilgan Sato Minorining agenti - Toma Xirasava orqali aloqaga chiqishdi. Dekabr oyi boshida agentim San’at Sharipov hamrohligida janob Xoshikava va klub bosh direktori Xattori bilan uchrashdik. Ilk musohaba chog‘i deyarli barcha masalalar bo‘yicha kelishib oldik. Shundan so‘ng Yaponiyaga borib, tibbiy ko‘rikdan o‘tdim va shartnoma ostiga imzo chekdim. Mana, hozir shu klub safida Osiyoning eng kuchli chempionatlaridan birida o‘ynayotganimdan baxtiyorman.

- Yangi jamoaga moslashish jarayoni qanday kechdi? Jamoadagilar sizni yaxshi qabul qilishdimi?

- Har qanday futbolchi yangi muhitga moslashishda ma’lum qiyinchiliklarni boshdan o‘tkazadi - bu odatiy hol. Xudoga shukr, menda bu bosqich tez va yaxshi o‘tib ketdi. Jamoa ajoyib, futbolchilar uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan. Xullas, biz hech nima haqida o‘ylamaymiz. Shuningdek, klub rahbariyati, murabbiylar va futbolchilarning ishga munosabatlari ham ma’qul tushdi. Oddiy aytsam, «Jubilo Ivata» - ahil oila. 

- Osiyoning eng kuchli chempionatlaridan biri hisoblangan J-ligasiga yo‘l olgan o‘zbekistonlik birinchi futbolchisiz. Xo‘sh, Yaponiya futboli O‘zbekis­ton va Eronnikidan nimasi bilan farqlanadi, sharoitlar o‘rtasidagi tavofut nechog‘li katta?

DAVOMI 

Manba: www.iff.uz
Kiritildi: 23:08, 01.05.2017.
O'qildi: 5179 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.