Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

“Uotford” – “Liverpul”: O‘yindan oldin

“Uotford” – “Liverpul”: O‘yindan oldin

Baho:
+ | -

Bugun Angliya premyer-ligasi 35-turini “Uotford” va “Liverpul” o‘rtasidagi bahs yakunlab beradi.

“Kristal Pelas”dan 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat “Liverpul”ning mavsumni top-4 da yakunlashiga shubha uyg‘otdi. Lekin dam olish kunlari “Liverpul”ning Manchesterdagi raqiblari har ikkisi durrang o‘ynadi. Jumladan, “Arsenal” o‘z maydonida “Tottenxem”ga mag‘lub bo‘ldi. Shuningdek, “Manchester Yunayted” ham “Old Trafford”da “Suonsi”ni yenga olmadi. Ushbu holat Yurgen Klopp jamoasining 3 o‘rinda qolishi uchun zamin yaratishi mumkin. “Uotford”ning esa oshig‘i olchi, ular premyer-ligada qolishni allaqachon aniqlab olishgan.

Bugun “Uotford” tarkibida Kreyg Ketkart tizzasidagi jarohati tufayli maydonga tusha olmaydi. Yunus Qobul, Roberto Pereyra va Mauro Sarate esa hali safga qaytishmagan.

“Liverpul” mashg‘ulotlariga Adam Lallana va Daniyel Starrij kelib qo‘shilishganini alohida ta’kidlash o‘tish joiz.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi. Ya’ni 40 daqiqadan so‘ng.

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 23:21, 01.05.2017.
O'qildi: 3275 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.