Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

“Lokomotiv”dan aprel oyi yakunlari

“Lokomotiv”dan aprel oyi yakunlari

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha ushbu mavsum ham borgan sari qizg‘in pallaga kirib bormoqda.

Quyida “Lokomotiv”ning aprel oyida o‘tkazgan o‘yinlari xususida fikr yuritamiz.

“Temiryo‘lchilar” o‘tgan oyda oltita bahsda maydonga tushishdi. Jamoa ikki bor Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etgan bo‘lsa, to‘rt marta Oliy ligada kurash olib bordi.

“Lokomotiv”ning aprel oyidagi o‘yinlari:

1. Oliy liga. 6 aprel. “Sho‘rtan” – “Lokomotiv” – 2:0

2. OCHL. 11 aprel. “Lokomotiv” – “Istiqlol” – 1:1

3. Oliy liga. 15 aprel. “Lokomotiv” – “Nasaf” – 2:1

4. Oliy liga. 21 aprel. “Paxtakor” – “Lokomotiv” – 1:2

5. OCHL. 25 aprel. “Lokomotiv” – “Al Taavon” – 4:4

6. Oliy liga. 29 aprel. “Lokomotiv” – “Obod” – 7:0

Bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda “Lokomotiv” uch marta g‘alaba qozonib, ikki bor durang o‘ynadi va bitta uchrashuvda mag‘lub bo‘ldi. “Loko” futbolchilari mana shu oltita bellashuvda 16ta gol urib, o‘z darvozalaridan 9ta to‘p o‘tkazib yuborishdi.

Jamoaning 16 goliga quyidagi futbolchilar mualliflik qilishdi:

Marat Bikmayev – 9 gol

Jaloliddin Masharipov – 3 gol

Murod Bobojonov – 2 gol

Sardor Mirzayev – 1 gol

Ikrom Aliboyev – 1 gol

Oyning e’tiborga molik voqealari:

– “Loko” hujumchisi Marat Bikmayev o‘tgan oyda 9ta gol urishga erishdi. U oliy ligada 5ta, Chempionlar ligasida to‘rtta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

– “Lokomotiv” ketma-ket ikki o‘yinda Oliy liganing ikki kuchli jamoasini bir xil hisob bilan mag‘lub etdi. Uyda “Nasaf”, safarda “Paxtakor” 2:1 hisobi bilan mag‘lub etildi. Har ikkala uchrashuvda kiritilgan to‘rt golga Bikmayev mualliflik qildi.

– Afsuski, OCHLda ikkita o‘yin o‘tkazgan “Lokomotiv” ikkalasida ham durang qayd etdi. Avvaliga “Istiqlol” bilan 1:1 o‘ynalgan bo‘lsa, keyin “Al Taavon”ga qarshi bahs 4:4 natijasi bilan yakun topdi.

– Aprelning oxirgi kunlarida “Lokomotiv” o‘z maydonida “Obod”ga qarshi bahs olib borib, 7:0 hisobida zafar quchdi. Va bunday natija “Loko” tarixida ikkinchi bor qayd etildi. “Temiryo‘lchilar” birinchi marta 2015 yil “So‘g‘diyona”ni aynan shu hisob bilan mag‘lub etishgandi.

– Va nihoyat qishki mavsumda jamoamiz safiga kelib qo‘shilgan Murod Bobojonov “Loko” libosida o‘z gollari sonini ochishga muvaffaq bo‘ldi. U “Obod” bilan kechgan bellashuvda ikkita gol urishga erishdi. Unga keyingi o‘yinlarda ham omad tilab qolamiz.

– 29 aprel kuni bo‘lib o‘tgan bellashuvda jarohat olgan ikki futbolchimiz Salamat Qutiboyev va Shuhrat Muhammadiyev yana safga qaytishdi. Bungacha Qutiboyev oxirgi marta “Sho‘rtan” bilan o‘yinda, Muhammadiyev esa Eronda “Istiqlol”ga qarshi maydonga tushgandi.

– Bu yil hisobidan Ma’mur Ikromov birinchi marta “Loko” darvozasini qo‘riqladi. U “Obod” bilan o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Qolaversa, penalti qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 12:46, 02.05.2017.
O'qildi: 3057 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик