Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«Sho‘rtan» FIFA talabiga binoan 1-ligaga surgun qilinishi mumkin

«Sho‘rtan» FIFA talabiga binoan 1-ligaga surgun qilinishi mumkin

Baho:
+ | -

G‘uzorning «Sho‘rtan» klubini katta ehtimol bilan mamlakat Birinchi ligasi kutib turibdi.

Bu haqda PFL yoki O‘FFning rasmiy qarori chiqib ulgurmagan bo‘lmasa-da, Xalqaro futbol uyushmasi FIFA yuqoridagi tashkilotlardan qarori ijrosini jiddiy talab qilayotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda «Daryo»ning federasiyaga yaqin manbalari xabar berdi.

Buning sababi «Sho‘rtan» 2011 yil jamoa safida harakat qilgan serbiyalik Urosh Milosavlevichdan qolib ketgan qarzini o‘z vaqtida to‘lab bermagan. FIFA qaroriga ko‘ra, PFL 2016 yilning 4 sentyabr kuni «Sho‘rtan»dan 3 ochko olib tashlab, klubni jiddiy ogohlantirgandi.

O‘sha vaqtda «Sobiq futbolchisi Urosh Milosavlevich bilan shartnoma majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmagani munosabati bilan va FIFA Tartib-intizom qo‘mitasining 2015 yil 9 oktyabrdagi qaroridan kelib chiqib, ‘Sho‘rtan’ klubidan 3 ochko olib tashlanadi», deb vaziyatga tushuntirish bergan PFL, «Sho‘rtan» klubi Urosh Milosavlevich bilan imzolagan shartnomasidagi aynan qaysi majburiyatlarini bajarmaganiga aniqlik kiritilmagandi.

Keyinroq mazkur vaziyat yuzasidan G‘uzor klubi ijrochi direktori Shodi Namozov «Futbol Ekspress» nashriga shunday intervyu bergandi.

"Futbolchi bilan hisob-kitob oxirigacha qilinmagan ekan. Bunda anglashilmovchilik bo‘lgan. Klub futbolchidan qarzi yo‘qligini aytgan bo‘lsa-da, Uroshning Zoran ismli agenti FIFAga shikoyat bilan chiqish qilgan. Biz futbolchining qarzini to‘lash borasida ish olib bormoqdamiz. To‘lov miqdori ko‘proq.

Bo‘lib o‘tgan ishlardan o‘zimiz uchun xulosa chiqardik. Bundan buyon futbolchilar bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilinadi. 2015 yil yakuniga ko‘ra o‘zimizning futbolchilardan ham qarzdorligimiz bor edi. Hozirga kelib uning 80—90 foizi to‘lab berildi. Tez kunda barcha qarzlardan qutulamiz" - dedi Shodi Namozov, «Sho‘rtan» FK ijrochi direktori.

Vaziyat ijobiy yakun topmagach, FIFA O‘FF bosh kotibiga 2017 yilning mart va aprel oylarida ogohlantirish xati yozgan va unda «Sho‘rtan»ni Oliy ligadan tushirib yuborishni talab qilgan. FIFA Tartib-intizom qo‘mitasining bu qarori o‘z vaqtida bajarilmagach, aprel oyining so‘nggida O‘FF navbatdagi maktubni qabul qilib olgan.

«Sho‘rtan» 2017 yilgi mavsumda 8 ta uchrashuv o‘tkazib bo‘ldi. Klub mavsum o‘rtasida Birinchi ligaga yo‘l oladimi yoki mavsum so‘nggida — hozircha aniq emas. O‘FF bu borada FIFAga qanday tushuntirish bergani ma’lum emas.

Ma’lumot uchun, serbiyalik Urosh Milosavlevich 2011 yilgi mavsum birinchi yarmida «Sho‘rtan» sharafini himoya qilgan. Futbolchi o‘sha yil yozda O‘zbekistonning boshqa bir klubi — «Bunyodkor» a’zosiga aylangan. Hozirda 33 yoshda bo‘lgan Urosh Milosavlevich futbolchilik faoliyatini yakunlagan va futbol agenti sifatida faoliyat olib boradi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:52, 02.05.2017.
O'qildi: 17214 marta.
Fikrlar: 52 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.