Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Bernardu Sila (kuch), e-e, yo‘g‘e, Silva!

Bernardu Sila (kuch), e-e, yo‘g‘e, Silva!

Baho:
+ | -

Leonardu Jardim «Monako»da yangi taktik sxemani amalga tatbiq etganidan keyin nafaqat klubning o‘yin uslubi, balki futbolchilar, ularning professional ishga nisbatan munosabat-yondashuvlari ham keskin o‘zgardi. Natijada knyazlik jamoasi ham ichki chempionat, ham YECHLdek nufuzli, raqobatbardosh turnirda birdek muvaffaqiyatli to‘p surmoqda. Xususan, Bernardu Silva yangi taktik chizmalarga osongina moslashdi va hozirda o‘z so‘zini baralla aytmoqda. Misol uchun, bosh murabbiy Leonardu Jardim «Renn»ga qarshi uchashuvda ilk marta 4-2-2-2 taktik sxemasiga murojaat etib, uni sinovdan o‘tkazgandi. Joriy mavsum barchani lol qoldirayotgan mutaxassis keyingi turda yosh yarim himoyachi Bernardu Silvaga ham imkoniyat berdi. Bu futbolchi uchun Fransiya oliy divizioni doirasidagi 6ta tur ichida 3-marta pozisiya almashtirish edi. Xullas, portuga-liyalik yarim himoyachi bungacha chap qanot vingeri va «10-raqam» (4-2-3-1 taktikasida) rolini bajarib ko‘rishga ulgurgandi. Murabbiy uning oldiga 4-2-3-1 taktik chizmasidan foydalanilganda, ko‘zga tashlangan kamchilik-lar - to‘pni tez-tez yo‘qotib qo‘yish va keragidan ortiq ushlab qolish hollariga barham berish vazifasini qo‘ydi. Mana, jamoa Jardim yo‘lga qo‘ygan yangi uslubga daxldor ko‘rsatmalarni risoladagidek bajarish evaziga turli kamchiliklardan forig‘ bo‘ldi, Silva esa sxemaning muhim bo‘g‘iniga aylandi.

Xullas, Bernardu o‘zining sevimli rolini egallab, pleymerker pozisiyasida to‘p sura boshladi. Oddiy aytganda, uning qarshisida azaliy orzusi - maydondagi erkinlik va kenglik yuzaga keldi. O‘smirlar jamoasida Silvaga ustozlik qilgan murabbiy Xelena Koshta uning o‘yin uslubi xususida shunday degandi: «Bernardu ajoyib o‘yin uslubiga ega. Bu shogirdimni qanot vakili emas, balki «10-raqam» rolida tasavvur qilyapman. U deylik, Ronaldudan farqli o‘laroq, ancha bosiq, xotirjam to‘p suradi. Xususan, ko‘proq o‘z o‘rnida qolishga moyilki, bu taktik ishlanmalarni maromiga yetkazishda juda muhim sanaladi». Endi jahon futbolidagi eng ilg‘or agentlardan biri Jorje Mendeshning futbolchi haqidagi fikrlariga e’tibor qarating: «Bernardu jismoniy ko‘rsatkichlar nuqtai nazaridan aynan «Barselona» uslubiga juda mos tushadi. To‘g‘ri, u hozircha o‘z xatti-harakatlarini to‘liq nazorat qilish qobiliyatiga ega emas. Shuningdek, statistik ko‘rsatkichlari hali ancha past». Ha, taniqli agentning mulohazalariga qo‘shilmaslikning iloji yo‘q.

Faqat shuni alohida qayd etish o‘rinliki, Silva joriy mavsum o‘zi istagan uslubda harakatlanmoqda. 4-2-2-2 taktik chizmasining o‘ziga xos tomoni bor: harakat yo‘nalishlari rejadagidek bo‘lishi ta’minlansa, raqibning himoya va tayanch yarim himoya chiziqlari o‘rtasida sezilarli bo‘shliq yuzaga keladi. Ya’ni himoyachilar 2 nafar hujumchini, tayanch hududidan joy olganlar esa markaz orqali olg‘a intiladiganlar yo‘llarini yopish bilan shug‘ullanishadi. «Monako»da Toma Lemar ko‘pincha Silvadan orqaroqda o‘ynamoqda. Shu tariqa chiziqlar o‘rtasidagi kenglikni yolg‘iz portugaliyalikning o‘zi nazorat qilmoqda. Joze Mourinyoning fikriga ko‘ra, vertikal futbol taktikasida tezkor futbolchilar samaradorligini oshirish uchun o‘rta zonadagi o‘yinchilardan biri to‘pni o‘zida ushlab turishi va kerakli payt aniq uzatmani amalga oshirishi kerak. Tabiiyki, buning uchun alohida iqtidor talab etiladi. Agar shunday futbolchi topilsa,

DAVOMI

Manba: www.iff.uz
Kiritildi: 10:02, 03.05.2017.
O'qildi: 3690 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.