Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

OCHL–2017. Ravshan Ermatov “Al-Rayyan” – “Al-Hilol” uchrashuviga bosh hakam etib tayinlandi

OCHL–2017. Ravshan Ermatov “Al-Rayyan” – “Al-Hilol” uchrashuviga bosh hakam etib tayinlandi

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 musobaqasining “D” guruhi 6-turidan o‘rin olgan Qatarning “Al-Rayyan” va Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klublari o‘rtasidagi bellashuvga rasmiylar tayinlandi.

O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov mazkur uchrashuvga bosh hakam etib tayinlandi. Qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov ishlaydi. To‘rtinchi hakam vazifasi Dmitriy Pisleginga topshirildi.

Livanlik Bashir Abdulxoliq uchrashuv komissari sifatida qayd etilgan. Yaponiyalik Ishiyama Noboru hakamlar nazoratchisi bo‘lib ishlaydi.

Ma’lumot uchun, “Al-Rayyan” – “Al-Hilol” klublari o‘rtasidagi o‘yin 8 may kuni Doha shahridagi Jassim Bin Hamad stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin mahalliy vaqt bilan 18:25 da boshlanishi ko‘zda tutilgan. 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 12:17, 03.05.2017.
O'qildi: 2595 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик