Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ 1-6 Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) 1-0 Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha 1-0 Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Oliy liga. «Navbahor» va «Lokomotiv» o‘yinida jangovar durang qayd etildi

Oliy liga. «Navbahor» va «Lokomotiv» o‘yinida jangovar durang qayd etildi

Baho:
+1 | -

Bugun Oliy liganing 9- tur o‘yinlari doirasida "Navbahor" o‘z maydonida Toshkentning "Lokomotiv" jamoasini qabul qildi.

Murosasiz kurashlarga boy ruhda o‘tgan qarama-qarshilikda g‘olib aniqlanmadi.
Birinchi bo‘limda muxlsilar uchta golga guvoh bo‘lishdi. Dastlab 16- daqiqada burchak to‘pidan so‘ng, Dilshod Jabborov raqib jarima maydonidagi pala-partishlikdan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Ammo, oradan yetti daqiqa o‘tgach Sardor Mirzayev o‘ng qanotdan oshirilgan to‘pni boshi bilan Amanov qo‘riqlagan darvozaga joylashga muvaffaq bo‘ldi. Taym oxirlariga kelib, mehmonlar hisobda oldinga o‘tib olishdi. "Temiryo‘lchilar" to‘purari Marat Bikmayev jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. Tanaffusgaa jamoalar 1:2 hisobida yo‘l olishdi.
Ikkinchi bo‘lim boshida "lochinlar" tezkor gol urishdi. Aziz Turg‘unboyev raqibdan to‘pni olib qo‘ygach Ikromov bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqdi va hisobni tengladi. Shundan so‘ng uchrashuv oxirigacha har ikki jamoa ehtiyotkorlik bilan harakat qilishgani bois darvozalar oldida golga tortadigan xolatlar ko‘p kuzatilmadi. Shu tariqa "Navbahor" joriy yilgi O‘zbekiston chempionatida o‘z uyida beshinchi bor uchrashuv o‘tkazib, 3 g‘alaba va 2 durang qayd etgan xolda mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirdi.

Oliy liga, 9-tur
4 may. Namangan. “Markaziy” o‘yingoh. 16685 tomoshabin.
“Navbahor” – “Lokomotiv” - 2:2 (1:2).
Gollar: D. Jabborov (16), A. Turg‘unboyev (47) – S. Mirzayev (24), M. Bikmayev (42).
Hakamlar: R. Ermatov - 9,0, A. Rasulov - 9,0, J. Saidov - 9,0, B. Yulcharayev - 9.
Nazoratchi – I. Sharipov.
PFL vakili – B. Haydarov.
“Navbahor”: 30. Asilbek Amanov, 2. Alisher Samatov (10. Mansur Saidov, 69), 3. Hasanboy Ergashev (4. Abbos Otaxonov, 46), 5. G‘iyosjon Komilov, 7. Oybek Qilichev, 9. Dilshod Jabborov, 19. Mirzohid G‘ofurov, 21. A’zam Aliyev, 32. Jahongir Mehmonov, 77. Azizbek Turg‘unboyev (20. Alisher Mirzayev, 89), 84. Nemanya Yovanovich.
"Lokomotiv": 12. Ma’mur Ikromov, 9. Ikrom Aliboyev (5. Kaxi Maxaradze, 71), 10. Marat Bikmayev (77. Diyor Turopov, 67), 15. Sardor Mirzayev, 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 22. Murod Bobojonov, 28. Shuhrat Muhammadiyev, 29. Quvondik Ro‘ziyev (8. Salamat Qutiboyev, 87), 33. Oleg Zoteev, 42. Muxammad Kone, 99. Jaloliddin Masharipov.
Ogohlantirishlar: D. Jabborov (17), A. Aliyev (63) – SH. Muhammadiyev (55), M. Kone (65).

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 21:11, 04.05.2017.
O'qildi: 5556 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.