Kirish Ro'yxatdan o'tish

Flik «Real» futbolchilari o‘rtasidagi mushtlashuvga munosabat bildirdi

Flik «Real» futbolchilari o‘rtasidagi mushtlashuvga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flik Madridning «Real» klubi yarim himoyachilari Federiko Valverde va Orelyen Tchuameni o‘rtasida sodir bo‘lgan nizo haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Avvalroq, «qirollik klubi»ning payshanba kungi mashg‘uloti paytida futbolchilar o‘zaro mushtlashib ketgani va oqibatda urugvaylik Valverde bosh suyagi va miya jarohati olgani xabar qilingandi. Madrid klubi har ikki futbolchini 500 ming yevro miqdorida jarimaga tortdi.

«Bunday ziddiyatlar har yerda uchrab turadi, bu faqat «Real»ga xos voqea emas. Albatta, bu biroz hayratlanarli bo‘ldi, lekin bu mening jamoam emas va bu haqda bosh qotirishimga hojat yo‘q. Nizolarni qanday boshqarish kerak? Men «Barselona»da qadrlaydigan eng muhim jihat — hammamiz bir yo‘ldan ketayotganimizdir. Futbolda ham, hayotda ham bunday holatlar bo‘lib turadi. Buni normal holat deya olmayman, lekin yuz berishi mumkin. Eng yaxshi yo‘li — avval vaziyatni muhokama qilish va keyin yechim izlashdir», — deya Flikning so‘zlarini keltirmoqda Sport.es.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:30, 09.05.2026.
O'qildi: 1910 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик