Fransiyaning "PSJ" klubi yarim himoyachilari Anxel Di Mariya va Tiago Motta "Nissa"ga qarshi o‘yin vaqtida qizil kartochka olganligi sababli diskvalifikasiya qilindi. Bu haqida L`Equipe nashri xabar tarqatdi.
Motta o‘yining 90-daqiqasida raqibga ochiqchasiga zarba bergani uchun chetlatilgan. Di Mariya esa qo‘shib berilgan 3-daqiqada raqibga nisbatan juda qo‘pol tarzda tashlandi.
Har ikki futbolchining ham diskvalifikasiya muddati ikki o‘yinga teng.