«Roma» prezidenti Jeyms Pallotta jamoa hujumchisi Franchesko Tottining kelajagiga oydinlik kiritdi.
«U bilan gaplashib oldim, Franchesko texnik direktor lavozimida ishlaydi. Monchi undan ko‘p narsani o‘rganishi mumkin» - dedi Pallotta Il Messaggero xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Franchesko Totti yozda futbolchilik faoliyatini yakunlashi haqida e’lon qilgan edi.