Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

Boks. OCH-2017. Hozircha besh bokschimiz finalda!

Boks. OCH-2017. Hozircha besh bokschimiz finalda!

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining yarim finalining kunduzgi bahslari nihoyasiga yetdi.

52 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan hamyurtimiz Jasurbek Latipov qo‘shni davlat vakili qozog‘istonlik Azamat Issakulovni mag‘lub etdi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ushbu bokschimiz 7 may kuni bo‘lib o‘tadigan final jangida janubiy koreyalik Inkyu Kimga qarshi jang qiladi. Ma’lumot o‘rnida, Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan bokschi yarim finalda filippinlik Daniyel Maamoni uch raund davom etgan jangda ochkolar hisobi bo‘yicha mag‘lub etdi.

56 kg vazn toifasidagi dastlabki yarim finalda Murodjon Ahmadaliyev janubiy koreyalik Yon Xun Xanga qarshi ringga ko‘tarildi.

Hamyurtimizning ustunligida o‘tgan ushbu bahs kutilganidek O‘zbek o‘g‘lonining sof g‘alabasi bilan yakunlandi. Murodjon Ahmadaliyevning bu galgi raqibi ikkinchi raunddayoq nokautga uchradi.

60 kg vazn toifasida Elnur Abduraimovning Xitoy terma jamoasi vakili Jun Shanga qarshi jangini tomosha qilishdi.

Uch raund davom etgan bahsda Elnur Abduraimov ochkolar hisobiga raqibi ustidan g‘alaba qozonishga erishdi.

75 kg vazn toifasida biroz avval yakuniga yetgan bahsda hamyurtimiz Isroil Madrimov qozog‘istonlik Abilxon Amankulga qarshi ringga ko‘tarildi. Reyting bo‘yicha o‘zidan bir pog‘ona baland bokschiga qarshi kurashgan bokschimiz yakunda g‘alaba qozondi va final yo‘llanmasini hal qildi.

Bektemir Meliqo‘ziyev ham Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining final jangiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Biroz avval yakuniga yetgan 81 kg vazn toifasidagi yarim final jangida xitoylik Huan Jyabinga qarshi ringga ko‘tarilgan bokschimiz raqibini ikki daqiqada mag‘lub etdi. Ketma-ket zarbalarni qabul qilib olgan Chin yurti vakili jangni davom ettira olmadi.

Kechki dastur soat 18:00dan boshlanadi. Unda yana to‘rt bokschimiz final yo‘llanmasi uchun ringga chiqadilar.


Kechki dastur (18:00)

18:00. Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) – Amit (Hindiston)

18:40. Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston) – Bekdavlat Ibragimov (Qozog‘iston)

19:00. Shaxram G‘iyosov (O‘zbekiston) – Sajjad Kozimzodaposhtiriy (Eron)

19:30. Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) – Muhammad Mulayes (Suriya)

Manba: sports.uz
Kiritildi: 16:23, 05.05.2017.
O'qildi: 14514 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик