Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Viktor Karpenko: “2017 yilgi Chempionlar ligasini munosib yakunlab qo‘ymoqchimiz”

Viktor Karpenko: “2017 yilgi Chempionlar ligasini munosib yakunlab qo‘ymoqchimiz”

Baho:
+ | -

“Al-Ayn” – “Bunyodkor” uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida “qaldirg‘ochlar” ishtirok etishdi. Unda bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi Viktor Karpenkoga yarim himoyachi Otabek Shukurov hamroxlik qildi.

- Viktor Karpenko: Avvalo, bizni iliq kutib olishgani uchun “Al-Ayn” klubiga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchiman. Raqibimiz Osiyoning bugungi kundagi eng kuchli klublaridan biri hisoblanadi. Buni ular keyingi bosqich masalasini muddatidan oldin hal etib, isbotlab qo‘yishdi. Lekin biz raqibni hurmat qilsak-da, ularga munosib qarshilik ko‘rsatishga harakat qilamiz. Umuman olganda, g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Har qanday jamoa o‘yindan oldin g‘alaba qozonish haqida o‘ylaydi. Qolgani maydondagi kurashdan keyin ma’lum bo‘ladi. “Bunyodkor”ning bugungi holatdagi eng asosiy e’tibori ichki musobaqalarga qaratilgan. Biroq 2017 yilgi Osiyo Chempionlar ligasini ham munosib yakunlab qo‘ymoqchimiz. Ertaga klubimiz obro‘si uchun kurashamiz.  Barqaror o‘yin ko‘rsatib, hamjihatlikda harakat qilsak maqsadimizga erishamiz. “Al-Ayn”ning kuchli va kuchsiz jihatlarini o‘rganib chiqdik. O‘z navbatida raqib ham bizni kuzatgani tabiiy. O‘ylashimcha, ertaga imkoniyatlardan oqilona foydalangan jamoa g‘alaba qozonadi, - deydi Viktor Karpenko.

- “Al-Ayn” juda kuchli raqib. Shunday bo‘lsa-da, g‘alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Tarkibimizda yosh futbolchilar ko‘p. Lekin tajribali raqiblarimizdan cho‘chimagan holda kurashga tayyormiz, deya olaman.  Ertangi uchrashuv natijasi ikkala jamoa uchun ahamiyatsiz bo‘lsa-da, baribir o‘rtada xalqaro uchrashuv degan maqom bor. Ortimizda bizga ishonch bildirayotgan muxlislarimiz bor. Vatanimiz sha’ni, klubimiz obro‘si uchun to‘p tepamiz, - deydi Otabek Shukurov.

Manba: www.bunyodkor.com
Kiritildi: 02:03, 08.05.2017.
O'qildi: 5920 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик