Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Baxtiyor Namozov plyaj futboli bo‘yicha JCH finalini boshqargan ilk osiyolik hakamga aylandi (foto)

Baxtiyor Namozov plyaj futboli bo‘yicha JCH finalini boshqargan ilk osiyolik hakamga aylandi (foto)

Baho:
+ | -

Shu yilning 27 aprel – 7 may kunlari Bagam orollarida plyaj futboli bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonlik FIFA referisi Baxtiyor Namozov mazkur turnirda bir qator uchrashuvlarni boshqarish bilan birga Taiti va Braziliya terma jamoalari o‘rtasidagi final o‘yinida ham bosh hakam sifatida ishladi.

Final bahsida Braziliya 6:0 hisobida Taiti ustidan g‘alaba qozonib, o‘z tarixida plyaj futboli bo‘yicha 5 karra jahon chempioniga aylandi.

Shu tariqa, Baxtiyor Namozov Osiyo futbol konfederasiyasi rasmiylari orasida plyaj futboli bo‘yicha Jahon chempionati finalida ishlagan ilk hakamga aylandi. Bundan tashqari, Namozov ushbu natijani qayd etgan ilk o‘zbekistonlik sifatida tarixga kirdi. Final uchrashuvi oldidan Baxtiyor Namozov quyidagi fikrlarni bildirib o‘tgandi.

“Men baxtliman. Har bir hakam final bellashuvini boshqarishni orzu qiladi. Musobaqa davomida barcha hakamlar yuqori saviyada ishladi”, – dedi o‘zbekistonlik referi.

Mazkur musobaqa davomida 43 yoshli o‘zbekistonlik referi guruh bahslari doirasida Polsha – Braziliya (4:7), chorak finalda Braziliya – Portugaliya (4:3) uchrashuvida bosh hakam sifatida ishladi. Bundan tashqari u guruh bosqichida Braziliya – Taiti (4:1) o‘yinida vaqt nazoratchisi bo‘lib ishlagandi.

Ma’lumot uchun, Baxtiyor Namozov plyaj futboli bo‘yicha Ummon va Yaponiya termalari o‘rtasidagi 2015 yilgi Osiyo chempionati finalini boshqargan. Shuningdek, u 2017 yilning 4–11 mart kunlari Malayziyaning Terengganu shahrida o‘tkazilgan plyaj futboli bo‘yicha Osiyo chempionati uchrashuvlarini ham boshqarib borgan edi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 09:40, 08.05.2017.
O'qildi: 6345 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.