Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/05 19:00 Bunyodkor 3-2 Lokomotiv
23/05 23:45 Kalyari - Fiorentina

N'Golo Kante Angliyada ajoyib mavsumni o‘tkazmoqda

N'Golo Kante Angliyada ajoyib mavsumni o‘tkazmoqda

Baho:
+ | -

“Chelsi”ning fransiyalik yarimhimoyachisi Angliya matbuoti tomonidan Premyer-Liganing eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Bir necha kun avval futbolchilar tomonidan eng yaxshi deb topilgan Kanteni bu safar Britaniya matbuoti tomonidan 2016/2017 yilgi mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi deya e’tirof etildi. “Kan” va “Lester”ning sobiq a’zosi bu sovrin uchun kurashda jamoadoshi Eden Azar va “Tottenhem” vakili Dele Allini ortda qoldirib ketdi.

Britaniya Jurnalistlar uyushmasi (FWA) a’zolari Kanteni Azar, Diyego Kosta yoki David Luizdan ham yuqori baholadi.

Azar va Kante 17 futbolchi joy olgan ro‘yxatda 65%dan ortiq ovoz olishdi. Ngolo Kante darhaqiqat ushbu mavsumda Antonio Konte boshchiligidagi jamoaning muhim bo‘lagiga aylandi. Fransiyalik futbolchi Garet Beyl (2013), Luis Suares (2014), Eden Azar (2015) va Jeymi Vardidan (2016) keyin ushbu sovringa loyiq ko‘rilgan futbolchi bo‘ldi.

“Chelsi” bilan Premyer-Ligada peshqadamlik qilayotgan Kantening yakuniga yetayotgan mavsumdagi ko‘rsatkichlari hayratlanarlidir. Kante hozircha 33 uchrashuv o‘tkazib, 1773 aniq pas uzatgan. Bundan tashqari, 74 marta raqib hujumini to‘sgan va 79 marta to‘pni raqibdan olib qo‘ygan. 

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 18:04, 08.05.2017.
O'qildi: 3355 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.