Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 00:00 Portugaliya 0-0 Sloveniya
02/07 06:00 AQSh 0-1 Urugvay
02/07 06:00 Boliviya 1-3 Panama
02/07 21:00 Ruminiya 0-3 Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya 1-2 Turkiya
03/07 06:00 Braziliya 1-1 Kolumbiya
03/07 06:00 Kosta-Rika 2-1 Paragvay

Bir bahya qolgan Premyer Liga chempionligi…

Bir bahya qolgan Premyer Liga chempionligi…

Baho:
+ | -

Angliya Premyer ligasida “Vest Hem” tomonidan “Tottenhem”ning to‘qqiz o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga nuqta qo‘yilgach, klubning “Chelsi”dan keyin 2-o‘rinni egallashi oydinlashgandek bo‘ldi.

4-4-2 nashri Angliya Premyer Ligasida chempionikka juda yaqin kelgan biroq, so‘nggi vaziyatdan uni qo‘ldan chiqargan jamoalarni eslab o‘tdi.

“Nyukasl”, 1995/96 yilgi mavsum

1995/96 yilgi mavsumda “Nyukasl” jamoasi chempionlikka har qachongidan ham yaqin edi. Les Ferdinand, Piter Birdsli va David Jinola singari ajoyib futbolchilarni jamlagan klub mavsumning dastlabki 10 uchrashuvining 9 tasida g‘alaba qozonib ajoyib startni boshlagan edi. Yanvar oyiga kelib esa, eng yaqin ta’qibchilaridan 12 ochkoga ilgarilab ketgan edi va 1927 yildan beri qo‘lga kirita olmay kelayotgan chempionlikni olishiga shubha yo‘q edi.

Biroq “Manchester Yunayted” boshqacha fikrda bo‘lgan. “Qizil iblislar” mavsumning ikkinchi qismida 15 uchrashuvda 13 g‘alaba va bir durang qayd etdi. Kevin Kigan shogirdlari esa xuddi shu vaqtda 5 mag‘lubiyat va 3 durangni qabul qilib oldi va “Manchester Yunayted”ni o‘tkazib yubordi. Jamoaning yakuniy qismdagi tajribasizligi qimmatga tushdi.

“Liverpul”, 2013/14 yilgi mavsum

2013/14 yilgi mavsum davomida “Liverpul” so‘nggi turlar arafasida ham turnir peshqadami edi va 1990 yildan beri qozona olmay kelinayotgan Premyer Liga chempionligiga bir bahya qolgan edi. Jamoaning hujum uchligi Suares, Starrij va Sterling kabi tajovuzkor ko‘rinishga ega edi. Uchlik mavsum yakunida raqib darvozalariga 101 gol urishga erishdi. Biroq, so‘nggi turlarda “Chelsi”dan 2-0 hisobidagi mag‘lubiyat, “Kristal Pelas” bilan 3-3 hisobida bitgan durangdan keyin Brendan Rojers shogirdlari chemipionlik bilan xayrlashdi. Yakunda “Manchester Siti” turnir g‘olibiga aylandi.

“Chelsi” 2007/08 yilgi mavsum

Mavsum mobaynida “Chelsi” “Manchester Yunayted”ga munosib qarshilik ko‘rsatdi. Ammo “Chelsi” qo‘lga kiritgan 85 ochko ham yakunda chempionlik uchun yetarsiz bo‘ldi. Chempion “Manchester Yunayted”dan ikki ochko farq bilan qolib ketgan Avraam Grant shogirdlari xuddi shunday farq bilan “Arsenal”dan oldinda yakunladi. Boz ustiga, Moskvada o‘tkazilgan Chempionlar Ligasi finalida ham “Chelsi” yana bir sovrinni “Manchester Yunayted »ga boy berdi.

“Arsenal”, 1998/99 yilgi mavsum

Balki bizga ishonmassiz, ammo bir zamonlar “Arsenal” muxlislari klubning sog‘lom fikrlaydigan, innovasion va zamonaviy bosh murabbiyi Arsen Venger haqida yakdil fikrda edi. Fransiyalik mutaxassis o‘zining ilk to‘liq mavsumida “to‘pchilar” bilan ikki sovringa erishgan edi.  Biroq, Premyer Liga va Angliya Kubogini “Manchester Yunayted”ga boy bergan edi. Ushbu mavsumda 78 ochko jamg‘argan “Arsenal” yakunda “Manchester Yunayted”dan bor-yo‘g‘i bir ochko farq bilan chempionlikni yutqazib qo‘ydi. O‘sha mavsumdagi jamoa to‘purarlik borasida maqtana olmasada, Devid Siman, Toni Adams, Patrik Viyera va Denis Bergkamp singari futbol afsungarlariga ega jamoani yutish ham oson emasdi.

“Manchester Yunayted”, 2011/12 yilgi mavsum

Amaldagi champion “Manchester Yunayted” mavsumni ko‘tarinki ruhda boshladi. Dastlabki 5 o‘yinni barchasini g‘alaba bilan yakunladi. “Vest Bromvich” (2-1), “Everton” (3-0), “Arsenal” (8-2), “Bolton” (5-0), “Chelsi” (3-0)lar mag‘lub etildi. Biroq, hamshahar jamoa “Manchester Siti”dan alamli tarzda 6-1 hisobida qaqshatqich mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Manchester poygasiga aylanib ketgan Premyer Liga chempionligi so‘nggi 38-turgacha oydinlik kiritilmadi. So‘nggi turda “Manchester Yunayted” raqibini yenggan daqiqalarda hamshaharlari “KPR”ga yutqazayotgan edi va go‘yoki chempionlikni saqlab qolishi aniqdek edi. Ammo, Manchini shogirdlari qo‘shimcha daqiqalarda g‘alabani va chempionlikni ilib ketdi.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 18:46, 08.05.2017.
O'qildi: 7498 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.