Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Karlush Keyrush Chernogoriyaga qarshi o‘yinga Eron termasining tarkibini e’lon qildi

Karlush Keyrush Chernogoriyaga qarshi o‘yinga Eron termasining tarkibini e’lon qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Terma jamoalar / Eron
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhidagi raqibi – Eron termasi O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan Chernogoriya futbolchilari bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishi haqida xabar berilgandi.

Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush Chernogoriyaga qarshi 4 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinga 20 futbolchidan iborat tarkibni e’lon qildi. Quyida tarkib bilan tanishing:

Darvozabonlar: Muhammadrizo Akbari (“Traktorsozi”), Muhammad Rashid Mazaxeri (“Zob Ahan”), Hamid Lak (“Traktorsozi”);

Himoyachilar: Ramin Rizoian (“Persepolis”), Hussayn Kanaanizadegan (“Malavan”), Pejman Muntazeri (“Al-Ahli”, Qatar), Murtazo Puraliganji (“Al-Sadd”, Qatar), Milan Muhammadi (“Terek”, Rossiya), Izzatuloh Purgaz (“Saipa”), Vohid Muhammadzoda (“Zob Ahan”), Said Agai (“Traktorsozi”);

Yarim himoyachilar: Mehdi Turobi (“Saipa”), Said Izzatullohi (“Rostov”, Rossiya), Ali Karimi (“Lokomotiva”, Xorvatiya), Ehson Hojisafi (“Sepaxon”), Ashkan Dejaga (“Volfsburg”, Germaniya), Ehson Pahlavon (“Sapaxon”);

Hujumchilar: Sasan Ansari (“Fulad”), Karim Ansarifard (“Olimpiakos”), Sardor Azmun (“Rostov”, Rossiya).

Ma’lumot uchun, JCH–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 8-turidan o‘rin olgan Eron – O‘zbekiston uchrashuvi 12 iyun kuni Tehrondagi “Ozodi” stadionida o‘tkaziladi. O‘yin mahalliy vaqt bilan 21:15 (Toshkent vaqti bilan 21:45)da boshlanishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, JCH–2018 saralashi “A” guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. O‘zbekiston 12 ochko bilan guruhda hozircha 3-pog‘onada bormoqda.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 10:35, 11.05.2017.
O'qildi: 4852 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик