Ispaniya La Ligasi aprel oyining eng yaxshilarini e’lon qildi.
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U 6 o‘yinda 8ta gol urib, 3ta golga hammualliflik qildi.
«Malaga» ustozi Michel Gonsales eng yaxshi murabbiy deb e’lon qilindi. Uning jamoasi 6ta o‘yindan 4tasida g‘alaba qozondi.













