Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Bokuda IV “Islom birdamlik o‘yinlari”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bokuda IV “Islom birdamlik o‘yinlari”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

12 may kuni Ozarbayjon poytaxtidagi Olimpiya stadionida IV “Islom birdamlik o‘yinlari”ning tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Marosimda an’anaga ko‘ra musobaqada ishtirok etayotgan barcha mamlakatlar delegasiyasi ishtirok etdi.

Aytib o‘tganimizdek “Islom birdamlik o‘yinlari”da 103 nafar hamyurtlarimiz sportning 15 ta turida mamlakatimiz sharafini himoya qilishadi. Kechagi tantanali marosimda ularning aksariyati Olimpiya stadioni bo‘ylab hur bayrog‘imizni baland ko‘targan holda yurib o‘tishdi.

Bayroqdor vazifasini esa boks bo‘yicha Xalqaro toifadagi sport ustasi, Singapurda bo‘lib o‘tgan o‘smirlar olimpiadasi sovrindori Sardor Begaliyev bajardi.

E’tiborlisi, delegasiyamiz arenaga kirib kelishi bilan stadionni to‘ldirib o‘tirgan mahalliy ishqibozlar sportchilarimizni qarsaklar bilan juda iliq qarshi olishdi. Ochilish marosimi kecha O‘z MTRKning “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etilgani bois uning tafsilotlariga to‘xtalib o‘tirmaymiz.

IV “Islom birdamlik o‘yinlari”da avval xabar berilganidek 57 ta mamlakat vakillari ishtirok etishlari rejalashtirilgan edi. Ammo Liviya, Quvayt va Sudan kabi davlatlar delegasiyasi Bokuga yetib kelishmadi. Demak musobaqada jami 54 ta davlat vakillari g‘oliblik uchun kuch sinashishmoqda.

Qayd etilayotgan natijalarga kelsak, kecha tennis bo‘yicha qizlar terma jamoamiz dastlabki uchrashuvni musobaqa mezbonlari – Ozarbayjonlik raqiblariga qarshi o‘tkazishdi. O‘zbekistonning birinchi raketkasi Sabina Sharipova Umayra Xashimovani ikkala setda bir hil 6:1, 6:1 natijasi bilan taslim qilgan bo‘lsa, Kamola Umarova Alina Gavrish ustidan 6:2, 6:0 hisoblarida zafar quchdi.

Juftlik bahslarida esa Kamola Umarova/Polina Merenkova juftligi Xashimova/Safarova juftligini ikkala setda 6:2 va 6:0 hisoblarida mag‘lub etishdi. Natijada uchchala bahs yakuniga ko‘ra mezbonlar ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozongan tennischi qizlarimiz keyingi bosqichga yo‘llanma olishdi.

Erkaklar terma jamoamiz esa ilk bahsda Turkmaniston terma jamoasi bilan kuch sinashdi. Saida’lo Saidkarimov raqibi Georgiy Pochayga dastlabki setni 3:6 hisobida boy bergan bo‘lsa, keyingi ikki setda 6:4, 7:5 hisoblarida g‘alaba qozondi va uchrashuvni o‘z foydasiga hal qildi. Yana bir tennischimiz Sergey Fomin esa afsuski Yuriy Rogusskiyga yutkazib qo‘ydi. Setlar bo‘yicha hisob 2:6, 6:4, 4:6.

Natijada turkmanistonlik tennischilar hisobni tenglashtirib olishdi. O‘zbekiston va Turkmaniston terma jamoalari o‘rtasidagi bahs taqdirini hal qiladigan juftliklar o‘rtasidagi baxs Bokudagi noqulay ob havo sharoiti tufayli o‘tkazilmay qoldi. Ushbu uchrashuv bugun bo‘lib o‘tadi. Unda Saidkarimov/Sultanbekov juftligi Rogusskiy/Gurbanov juftliga qarshi kurash olib borishadi.

Kecha shuningdek, badiiy gimnastikachilarimiz ham bahslarni boshlab berishdi. Anastasiya Serdyukova, Nurinisso Usmonova va Sabina Tashkenbayevalar kecha koptok va xalqada bajarilgan mashqlar natijasiga ko‘ra final bosqichiga yo‘llanma olishdi.

Hozircha qizlarimiz Ozarbayjon terma jamoasidan so‘ng ikkinchi o‘rinda borishmoqda. Final bahslari bugun bo‘lib o‘tadi.

Bokschilarimizdan kecha faqatgina Ulugbek Do‘smurodov ringga ko‘tarildi. 60 kg. vazn toifasida qayd etilgan hamyurtimiz ilk jangini qatarlik Erkesar Xakanga qarshi o‘tkazib 3:0 hisobida g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.

Bugun yana uch nafar bokschilarimiz dastlabki bellashuvlarini o‘tkazishadi. 56 kg. vazn toifasida Abdulhay Shorahmatov qozog‘istonlik Nurbol Kaljanovga, 75 kg. vaznda Mahmud Gaipov jazoirlik Azzuz Budiaga, 81 kg. vazn toifasida esa Madiyor Saidrahimov misrlik Abdulrahmon Abdulgavvadga qarshi kurash olib borishadi.

Bugun shuningdek, dzyudo, para-dzyudo, o‘q otish, karate va sport gimnastikasi bo‘yicha musobaqalar boshlanadi. Natijalar bilan facebook dagi sahifamiz va telegrammdagi kanalimiz orqali tezkorlik bilan tanishtirib boramiz.

 

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 13:54, 13.05.2017.
O'qildi: 3604 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.