Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Muzaffar Muzaffarov: “Qizilqum"ga qarshi o‘yin menga juda yoqdi”

Muzaffar Muzaffarov: “Qizilqum"ga qarshi o‘yin menga juda yoqdi”

Baho:
+ | -

Oliy liga 11-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Neftchi” (2:2) bahsidan so‘ng farg‘onaliklar a’zosi Muzaffar Muzaffarov o‘yin haqida fikr bildirdi.

– Dastlab o‘yin borasidagi fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz ?

– “Qizilqum”ga qarshi bahsga jiddiy xozirlik ko‘rdik. Raqib nomdor va tajribali o‘yinchilarga ega ekanligi barchamizga yaxshi ma’lum. Shunga qaramay, o‘tgan turdagi g‘alabadan ruhlangan holda safarga uch ochko niyatida bordik. Tezkor gol urishga erishdik va bo‘lim oxirida ham navbatdagi golga egalik qilik. Xattoki, navoiylik muxlislar ham g‘alabamizga shubha qilmagandi desam mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘yin menga juda yoqdi. Yigitlar Navoiyda o‘tgan uchrashuvlarga nisbatan yaxshi harakatlanishdi. Biroq ikkinchi bo‘limda g‘alabani saqlab qola olmaganimiz yoqimsiz bo‘ldi.

– “Qizilqum” Navoiyda juda kuchli o‘yin namoyish etadi. O‘yin boshida kiritilgan tezkor gol va umuman mazkur omadli start haqida nima deysiz ?

– Futbolchi uchun gol urish eng yoqimli holat sanaladi. Tezkor gol urib jamoaga foydam tekkanidan xursandman. To‘g‘risi o‘yinni kechroq vaqtga qo‘yilgani sababli yigitlar ham bellashuvdan zavq olib harakat qilishdi. Chunki uchrashuv vaqti futbol o‘ynash uchun juda qulay vaqtga belgilandi. “Obod” bilan Farg‘onada kechgan so‘nggi uy o‘yini juda erta vaqtga to‘g‘ri kelgandi. Shu sabab, o‘yinimiz chiqmagandi. Endi “Navbahor” bilan bahsni qulay vaqtga belgilashadi deb umid qilaman.

– “Neftchi” jamoasi 23 may kuni Farg‘onada “Navbahor”ga qarshi navbatdagi derbida ishtirok etadi. Uchrashuvdan nimalar kutyapsiz ?

– “Neftchi”ning maqsadi bitta – hamisha g‘alaba qozonish! Ha, namanganliklarga qarshi bellashuv ham qizg‘in o‘tishi aniq. Hali muxlislarni stadionga qaytaramiz. Men bunga ishonaman, – dedi Muzaffarov.

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 17:24, 19.05.2017.
O'qildi: 2496 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик