Gyermaniya chempionatining yangi mavsumida tarixiy voqea yuz beradi.
Bundesliga tarixida ilk marotaba o‘yinlarni gannoverlik 38 yoshli polisiyachi ayol hakam Bibiana Shtaynxaus boshqaradigan bo‘ldi. Undan tashqari, yana uch nafar yosh hakam - Martin Petersen, Sven Yablonski va Soren Shtorks ham jalb qilinadi. Ular nafaqaga chiqayotgan Volfgang Shtark, Gyunter Perl va Yoxen Dreesning o‘rnini egallaydi.