Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Fazliddin G‘oyibnazarov professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi

Fazliddin G‘oyibnazarov professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Rio Olimpiadasi sovrindori Fazliddin G‘oyibnazarov 21 may, yakshanba kuni tongda AQSHning Nyu-York shahridagi dunyoga mashhur “Medison Skver Garden” arenasida professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi. G‘oyibnazarovning raqibi amerikalik Agustin Mauras bo‘ladi.

1990 yilda tug‘ilgan bokschi shu kungacha professional boksda 11 ta jang o‘tkazgan. Mazkur janglardan 6 tasida g‘alaba qozongan Agustin 2 bor mag‘lub bo‘lgan. Uch marotaba esa uning ishtirokidagi jangda g‘olib aniqlanmagan.

Bugun bokschilar an’anaga ko‘ra, tarozidan o‘tish marosimida ishtirok etishadi. Nyu-Yorkdagi boks oqshomining markaziy jangi amerikalik ikki yo‘nalish chempioni Terens Krouford ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Fazliddin G‘oyibnazarov AQSHning Kaliforniya shtati Karson shahridagi StubHub Center arenasida bo‘lib o‘tgan ilk jangida amerikalik Viktor Vaskesni ikkinchi raunddayoq texnik nokautga uchratgan edi.

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 21:00, 19.05.2017.
O'qildi: 11274 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик