Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Aleksandr Zavarov: «Yuventus» Chempionlar ligasini yuta oladi»

Aleksandr Zavarov: «Yuventus» Chempionlar ligasini yuta oladi»

Baho:
+ | -

«Dinamo» (Kiyev)dagi yorqin o‘yinlaridan so‘ng «Yuventus» safiga qo‘shilgan va Italiyada ham chakki taassurot qoldirmagan sobiq hujumkor yarim himoyachi Aleksandr Zavarov 3 iyun kuni Kardiffda bo‘lib o‘tadigan CHL finalini intiqlik bilan kutyapti. Tabiiyki, u bo‘lajak bahsda turinliklarga yon bosadi. «Yuventus»da zamonaviy futbol uchun zarur barcha fazilatlar bor. Deylik, u himoyalanish bobida jahonning eng sara klublari qatorida. Shuning barobarida hujumda ham chakki emas: Iguain barqaror tarzda gol urishdan to‘xtamayapti. CHL «pley-off» raundlaridagi o‘yinlar va natijalar turinliklarning puxta taktikaga ega ekanliklaridan dalolat. Axir ular bir necha safar uchrashuvini ham o‘z foydalariga hal qildilar. Asosiysi, sobiq jamoam finalda raqibning hujumkor o‘yinchilariga ko‘proq e’tibor qaratishni unutmasa, bas»,-deya «Yuve» imkoniyatlarini yuqoriroq baholadi Zavarov «SE» nashriga bergan intervyusi boshida.

- Xo‘sh, yana bir finalchi - «Real» haqida nima deya olasiz?

- Madrid klubi ham mukammal shakllangan: himoyasi risoladagidek, oldingi chizig‘i juda kuchli. Xullas, bizni o‘ta qiziqarli, og‘ir vaznlilar to‘qnashuvi kutib turibdi.

- Tomonlarda zaif jihatlar ham bormi?

- Har ikkisi ham texnika va taktika, ham himoyaviy va hujumkor tizim bo‘yicha yuksak saviyaga erishgan. O‘zi yaqqol ko‘zga tashlanadigan kamchiliklar bilan finalga chiqish ilojsizdir.

- Demak, Zidan va Allegri finalni o‘z jamoalari tomon og‘dirish yo‘lida jiddiy bosh qotirishlari kerak...

- Albatta. «Real» ham, «Yuventus» ham uzoq yillik «gegemon» va ularning kuch-qudratiga shubhalanish yaramaydi. Deylik, har ikkisi ichki arenada ham, xalqaro musobaqalarda ham faqat g‘alabani ko‘zlaydi. O‘ylashimcha, ana shu g‘oliblik ruhiyati navbatdagi finalga o‘zgacha chiroy bag‘ishlaydi.

- Bo‘lajak final Turin klubi an’analari davomchisi sanalgan Buffon uchun CHL kubogini yutish yo‘lidagi so‘nggi imkoniyat, shundaymi?

- Ochig‘i, bu darvozabonning bardavom faoliyati tahsinga sazovor. Axir u 3-marta finalga chiqdi. Avvalgi ikki bellashuvda mag‘lubiyatga uchraganini hisobga olsak, bu safar nufuzli sovrinni qo‘lga kiritishi adolatdan bo‘lardi. Agar jamoa himoyada ishonchli to‘p sursa, «Real» juda qiynalishi tayin. Albatta, turinliklardan tezkor qarshi hujum va standart vaziyatlardan unumli foydalanish ham talab etiladi.

- Umuman, «keksa sinyora» himoyasi Ronalduni zararsizlantirishga qodirmi?

- Tan olish kerak, Krishtianu anchayin murakkab topshiriqlarni yolg‘iz o‘zi hal etish salohiyatiga ega qudratli ijrochi. Shunga qaramay, «Yuve» vakillari uni «jilovlay» olishlariga shubhalanmayman. Jamoa bu borada yetarli tajribaga ega. Ha, turinliklar «Ronaldu muammosi»ni qay tariqa hal etishlarini kuzatish ham qiziqarli. Agar bu ishni uddalay olmasalar, kubokdan voz kechishlariga to‘g‘ri keladi.

- «Qirollik klubi» himoya chizig‘ini qanday tasavvur qilasiz?

- O‘ylashimcha, «Real» odatiy uslubiga tayanadi. Ya’ni to‘pni maydon markazida egallab olish, tezkor qarshi hujumga o‘tish va nazoratni ushlashdan voz kechmasa kerak. Madridliklar raqibni to‘pdan mahrum etib, kombinasiyani qulay vaziyat yuzaga kelgunicha davom ettirishga urinadilar. Raqib o‘yinchilariga alohida «soqchi» qo‘yish ularga xos emas. Jamoa 30-40 yildan buyon sermazmun o‘yin orqali natijaga erishish hadisini maromiga yetkazdi. Oddiy aytganda, «Real» 1-raqam ostida to‘p suradi.

- Sizga esa sobiq jamoangiz uslubi ko‘proq yoqadi, to‘g‘rimi?

- Ha, doimo taktik mahoratga yuksak baho berganman va o‘zim ham shunday o‘ynashga harakat qilganman. Hozir bir joyda turish bilan hech kimni alday olmaysiz. Texnikani tezkor harakatlar, kuch-qudrat kabi bir qator xususiyatlar evaziga kuchaytirish talab etiladi.

- Turinliklar g‘alabasidan umidvor ekanligingiz aniq.

- Imkoniyatlar 50ga 50 ko‘rinishida. Lekin «Yuve»ning zafar quchishiga ilhaqman. Italiya grandi anchadan buyon xalqaro sovrin yutgani yo‘q. Vaholanki, 2 marta finalga chiqdi. Ishonchim komil, omadsiz seriyasi qachondir tugaydi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:18, 20.05.2017.
O'qildi: 3752 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.