Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Gol+pas tizimi bo‘yicha Oliy liganing 10ta turi sarhisobi

Gol+pas tizimi bo‘yicha Oliy liganing 10ta turi sarhisobi

Baho:
+ | -

Mana, oliy liga-2017ning uchdan bir qismi ham ortda qoldi. Joriy mavsum klublarning turnir jadvalidagi holatiga nazar tashlasak, grandlarda biroz pasayish bo‘lgani, aksincha, o‘rtamiyona hisoblangan jamoalarda nisbatan o‘sish kuzatilgani ko‘zga tashlanadi.

O‘z navbatida, har bir o‘yinda o‘z hisobiga gol yozib qo‘yayotgan to‘purarlar hamda ularni samarali uzatma bilan ta’minlayotgan futbolchilar ham bisyor.

Dastlabki 10ta tur natijalariga ko‘ra, hozircha gol}pas tizimi bo‘yicha «Lokomotiv»ning ikki vakili yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, kuchli uchlikni «Nasaf» hujumchisi Dragan Cheran yakunlab turibdi.

Quyida ushbu mavzu bo‘yicha statistikaga batafsil to‘xtalamiz.

HAR IKKI JABHADA YETAKCHI

«Lokomotiv» libosida maydonga tushgan deyarli har bir o‘yinda raqib darvozasini ishg‘ol qilayotgan Marat Bikmayev nafaqat to‘purarlar jadvali, balki gol+pas ro‘yxatida ham yetakchilik qilmoqda.

Aksariyat bahslarda jamoasi g‘alabasini ta’minlagan gollarga mualliflik qilgan tajribali hujumchi «Obod» (7:0) va «Navbahor» (2:2)ga qarshi kechgan o‘yinlarda sheriklarini samarali uzatma bilan ta’minlagan.

Bikmayev joriy mavsum oliy ligada 9ta uchrashuvda jami 680 daqiqa harakat qilib, o‘z hisobiga 10ta gol yozdirib qo‘ygan. Tahsinga loyiq ko‘rsatkich.

Maratning jamoadoshi Jaloliddin Masharipovning bu boradagi ko‘rsatkichi ham ajoyib.

«Lokomotiv» libosida 8ta bahsda 657 daqiqa to‘p surgan tezkor vingerning hisobida hozircha 5ta gol bor.

O‘zi ishtirok etgan bahslarda sheriklari urgan gollarga 4 marotaba hammualliflik qilishi Masharipovga gol}pas reytingida ikkinchi pog‘onani tuhfa qildi.

Yuqori uchlikdan shuningdek, «Nasaf» legioneri Dragan Cheran ham joy egalladi.

«Ajdarlar» safida 9ta o‘yinni to‘liq maydonda o‘tkazgan serbiyalik hujumchi 6ta holatda raqib jamoalarini o‘yinni maydon markazidan boshlashga majbur etgan.

Shuningdek, «So‘g‘diyona»ga qarshi kechgan bahs (4:0)da samarali uzatma muallifiga aylangan.

Gol+pas ro‘yxatining kuchli beshligini «So‘g‘diyona» yetakchisi Sanjar Rashidov hamda «Qo‘qon-1912» a’zosi Filipp Rayevas yakunlab turishibdi.

Jizzaxliklar sardori 9ta bahsda jami 785 daqiqa o‘ynab, 5ta to‘p kiritgan bo‘lsa, 10ta uchrashuvda 784 daqiqa to‘p surgan qo‘qonliklar legioneri hisobida ham shuncha gol bor.

Faqat Rashidovning samarali uzatmalari soni bitta ko‘p va tabiiyki, u yuqoriroqdan joy olgan.

Quyidagi jadvalda gol+pas bo‘yicha dastlabki 20ta o‘rinni egallab turgan futbolchilar va ularning ko‘rsatkichlari aks etgan.

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 02:39, 21.05.2017.
O'qildi: 4040 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик