Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Don Balon: Zidan «Real»ning asosiy transferini aniqlab oldi

Don Balon: Zidan «Real»ning asosiy transferini aniqlab oldi

Baho:
+ | -

"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan jamoaning yozgi transfer paytida qo‘lga kiritilishi lozim bo‘lgan futbolchini aniqlab oldi.

"Qaymoqranglilar" bosh murabbiyi "Chelsi" yarim himoyachisi N'Golo Kanteni jamoaga taklif qilishni istamoqda. Aynan londonliklar tayanch yarim himoyachisi "Real"ning bosh maqsadi hisoblanadi, "Monako" hujumchisi Kelin Mbappe emas, deya xabar tarqatdi Don Balon.

Zidan bu borada jamoa prezidenti Florentino Peres bilan gaplashdi va "Madrid" Kantening transferi uchun yetarli bo‘lgan summani "Chelsi"ga taklif qilishlari kerak.

Fransiyalik mutaxassis APLning eng yaxshi futbolchisi orqali maydon markazida Modrich va Kroosni ideal sherik bilan ta’minlamoqchi.

E’tiborli tomoni, madridliklar "Chelsi"ning yana ikki futbolchisi — Eden Azar va Tibo Kurtuaga ham qiziqish bildirishayotgandi.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 15:59, 23.05.2017.
O'qildi: 28495 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик