Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Futzal U20. O‘zbekiston finalga chiqa olmadi

Futzal U20. O‘zbekiston finalga chiqa olmadi

Baho:
+ | -

Tailandda bo‘lib o‘tayotgan futzal bo‘yicha yoshlar (U20) o‘rtasida Osiyo chempionatida yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi. Iroqqa qarshi maydonchaga chiqqan O‘zbekiston final yo‘llanmasi uchun uchrashuvda Iroqqa imkoniyatni boy berdi.

Musobaqa davomida Iroq yoshlar termasiga raqiblik qilgan jamoalar musobaqa tashkilotchilariga shikoyat qilishdi: iroqlik futzalchilar 20 yoshdan katta, tekshirish kerak. Mazkur shubha O‘zbekistonga qarshi o‘yinda asosli ekanini ko‘rdik. Raqib o‘yinchilari ham gavda tuzilishi, ham texnika borasida yetuk ekani sezilib turdi.

Shunga qaramay, O‘zbekiston terma jamoasi to‘g‘ri taktika tanlab, raqibni qarshi hujumda tutishga harakat qildi. Birinchi bo‘lim davomida Mendez shogirdlari bir nechta vaziyatlarga ega bo‘lib, ulardan foydalana olishmadi. To‘p ikki marta ustunga tekkan bo‘lsa, ikki marta yakkama-yakka vaziyatda berilgan zarbani iroqlik darvozabon qaytardi. Birinchi bo‘lim tugashiga 5 daqiqa qolgan paytda raqib futzalchisi bir himoyachimizdan o‘tib ketdi va o‘ta aniq zarba bilan hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘lim startini Iroq kuchli boshladi va ketma-ket ikkita gol urib, hisobni 3:0 ko‘rinishga keltirdi. Tengma-teng o‘yinda Iroqni mag‘lub etish qiyinligini his qilgan Mendez uchrashuv tugashiga 13 daqiqa qolganidan boshlab beshinchi o‘yinchi taktikasidan foydalana boshladi. Natijada terma jamoamiz xavfli vaziyatlar yarata boshladi. Vaziyatlarning birida Usmonovning 5 metrdan bergan zarbasidan keyin to‘p ustunga tegib, maydonni tark etdi.

Nihoyat mazkur uslub bahsning 32-daqiqasiga kelib o‘z samarasini berdi. Muhammadiyev raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Ammo oradan bir daqiqa o‘tib sardorimiz Hamroyev qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Natijada iroqlik o‘yinchi bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi.

O‘zbekiston tavakkalchilikni to‘xtatmagan holda, beshinchi o‘yinchi bilan o‘ynashni davom ettirdi. Vakillarimiz golga tortadigan 2-3ta vaziyat yaratishdi. Ammo ularga darvozani ishg‘ol qilish nasib etmadi. Boz ustiga, bahs tugashiga 3 daqiqa qolganida Muhammadiyev raqib o‘yinchisi bosimi ostida maydon markazidan turib o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi — 5:1 .

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida bronza medal uchun bahs olib boradigan bo‘ldi. Raqib esa yarim finalda Eronga yutqazgan musobaqa mezboni — Tailand bo‘ladi. 3-o‘rin uchun o‘yin ertaga, 25 may kuni bo‘lib o‘tsa, final uchrashuvi 26 may kuniga belgilangan.

Futzal bo‘yicha yoshlar (U20) o‘rtasida Osiyo chempionati, yarim final
IROQ - O‘ZBEKISTON - 5:1

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:35, 24.05.2017.
O'qildi: 8737 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.