Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Oliy liga. «Navbahor» va «Bunyodkor» durang o‘ynadi

Oliy liga. «Navbahor» va «Bunyodkor» durang o‘ynadi

Baho:
+-1 | -

Oliy ligada 12-tur o‘yinlari poyoniga yetdi.

“Navbahor” o‘z uyida Toshkentning “Bunyodkor” jamoasini qabul qildi. Jangovor ruhda o‘tgan qarama-qarshilikda g‘olib aniqlanmadi. “Lochinlar”ning chempionatda qatorasiga to‘rtinchi bahsda ham durang qayd etishdi.

Birinchi bo‘lim “navbahorchilar” ustunligida o‘tdi. Jamoalar darvozalar oldida xavfli vaziyatlarning aksariyatini standart vaziyatlar orqali sodir etishganini ta’kidlash lozim. Burchak va jarima to‘plarini Murod Zuxurov mushtlari bilan har safar qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yinning birinchi yarmida Tohir Shamsitdinov, Timur Tolipov va Aziz Turg‘unboyevning faolligi toshkentliklar himoyachilarga tashvish keltirib turdi. Ammo tanaffusgacha darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi.

Ikkinchi taym ham Ilhom Mo‘minjonov shogirdlari ustunligida o‘tdi deyish mumkin. Oliy ligada ketma-ket uchta durangdan so‘ng o‘z maydonida g‘alabani maqsad qilgan “Navbahor” katta kuch bilan bosim uyushtirib bordi. Biroq, hisobni ochish “Bunyodkor”ga nasib etdi. 67- daqiqada himoyachilarning orasidan o‘tib ketgan Doston Hamdamov o‘z niyatiga yetdi va gol urdi, 0:1.

Shundan so‘ng joriy mavsumda o‘z uyida yutqazmay kelayotgan “Navbahor” ushbu an’anani davom ettirish uchun bor kuchini sarflashga o‘tdi. O‘yinni kuchaytiish maqsadida zaxiradan maydonga tushirilgan Mansur Saidov bir necha vaziyatlarda qahramonlik ko‘rsatishga yaqin keldi. Lekin yarimhimoyachiga “Bunyodkor” himoyachilari xalal berishdi.

82- daqiqaga kelib, Dilshod Jabborov o‘yinda burilish yasadi. Jamoa sardori o‘zi ishlagan jarima to‘pini ajoyib tarzda Zuxurov darvozasiga joylab qo‘ydi - 1:1. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Yovanovich gol muallifiga aylanishi mumkin edi. Lekin Zuxurov muqarrar goldan poytaxtliklarni saqlab qoldi. Shu tariqa “Navbahor” qatorasiga to‘rtinchi o‘yinda durangga imzo chekdi.

Oliy liga, 12-tur
27 may. Namangan. “Markaziy” o‘yingoh. 7481 tomoshabin.
“Navbahor” – “Bunyodkor” – 1:1 (0:0)
Gollar: D. Jabborov (82) - D. Hamdamov (67).
Hakamlar: V. Seytlin – 8,5, V. Snetkov - 8,5, A. Kolinin - 8,5, O. To‘ychiboyev - 8.
Nazoratchi - B. Tog‘ayev.
"Navbahor": 30. Asilbek Amanov, 4. Abbos Otaxonov, 9. Dilshod Jabborov, 17. Ilhom Boydedayev, 21. A’zam Aliyev, 32. Jahongir Mehmonov, 33. Tohir Shamshitdinov (20. Alisher Mirzayev, 72), 44. Darko Stanoyevich, 77. Aziz Turg‘unboyev, 84. Nemanya Yovanovich, 95. Timur Talipov (10. Mansur Saidov, 54).
"Bunyodkor": 25. Murod Zuxurov, 2. Rustam Ashurmatov, 4. Akram Komilov, 8. Javlon Ibrohimov, 9. Shahzod Nurmatov (97. Javohir Esonqulov, 90+3), 10. Eldor Shomurodov (31. Mirjahon Miraxmadov, 85), 17. Doston Hamdamov, 21. Dilshod Ahmadaliyev, 28. Davron Umirov, 29. Otabek Shukurov, 44. Mirjamol Qosimov (15. Farruh Ikromov, 61).
Ogohlantirishlar: A. Otaxonov (38), M. Saidov (69) - D. Umirov (13), E. Shomurodov (28), SH. Nurmatov (38), O. Shukurov (o‘yindan so‘ng).

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 21:57, 27.05.2017.
O'qildi: 3888 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик