Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli - Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol - Al-Ittihod
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) - Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya - Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol - As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa

O‘zbekistondagi eng katta sport arenasi haqida nimalarni bilamiz?

O‘zbekistondagi eng katta sport arenasi haqida nimalarni bilamiz?

Baho:
+ | -

Toshkentda qurilayotgan ko‘p funksional “Humo Arena” muz saroyi O‘zbekistonda ilk hashamatli sport arenasi hisoblanib, hozirda saroyda Janubiy Koreyaning Heerim Architects kompaniyasi ishchilari mexnat qilishmoqda.
 
Kelasi yilga qurilish ishlari yakunlanishi rejalashtirilgan muhtasham saroyning asosiy qismini Singapur mamlakatining yirik kompaniyalaridan biri Enter Engineering Pte. Ltd quruvchilari zimmalariga olishgan. O‘zbekistonning Wind Rose kompaniyasi qurilishni moliyalashtirish bilan birga shaxsiy investisiyasini sarflamoqda.
 
14 ming kishilik tribunaga ega ko‘p funksional saroy hududida muz arenasi, mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan maydon, o‘quv-ko‘ngilochar bolalar xiyoboni, oilaviy ko‘ngilochar markazlar, amfiteatr, favvorali xushmanzara bog‘lar, restoran va rekrasion zonalar, bog‘ va sayilgoh, zamonaviy parking va boshqa ko‘plab inshootlar joylashadi.
 
Binoning umumiy maydoni 74 ming kvadrat metrni tashkil qiladi, bino 4 qavatdan iborat bo‘lib, balandligi 36 metr. Muz saroyi 12,5 ming tribunalarga ega bo‘lib, konsert zali sifatida 10 ming, sport musobaqalar o‘tkazish zali sifatida esa 14 ming tomoshabinga mo‘ljallangan.
 
Majmua hududida sport muzeyi, bolalar uchun yopiq o‘yingoh, trenajer zallari, fitnes markazi, zamonaviy tipdagi umumovqatlanish shoxobchalari, sport anjomlari do‘koni va boshqa xizmat ko‘rsatish ob’ektlari joylashtiriladi.
 
Arenada xokkey matchlari, short-trek, figurali uchish, kyorling bo‘yicha musobaqalar bilan bir qatorda basketbol, voleybol, gandbol, futzal, boks, taekvondo va boshqa sport turlari bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazish imkoniyati bor.
 
Ta’kidlab o‘tish joizki, Janubiy Koreyaning Heerim Architects kompaniyasi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining dizayn ishlarini ham o‘z bo‘yniga olgan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu loyihaning umumiy qiymati $430 milliondan ortiq mablag‘ni tashkil qiladi.

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 23:53, 29.05.2017.
O'qildi: 11146 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик