Tomas Tuxel bundan buyon "Borussiya" D bosh murabbiyi emas. Bu xabar nemis klubining rasmiy saytida tarqaldi. Avvalroq Tuxel tvitterda jamoa muxlislari bilan xayrlashgan edi.
43 yoshli mutaxassisning iste’fosi klub boshqaruvi raisi Xans-Yoaxim Vatske , sport direktori Mixael Sork, maslahatchi Olaf Meynking va murabbiyning o‘zi ishtirokidagi uchrashuvdan so‘ng qabul qilindi.
Tuxelning shartnomasi 2018 yilning yozigacha tuzilgan edi. Shartnomaning muddatidan avval tugutilishi sababli klub murabbiyga 2 mln yevro miqdorda tovon puli to‘lashi ko‘zda tutilgan. Tuxel jamoada 2015 yildan ishlab kelayotgan edi.