"Real Madrid"ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyas Krishtianu Ronaldu bilan birga o‘ynagan vaqtlarini esladi.
Ispaniyalik va portugaliyalik futbolchilar 2009 yildan 2015 yilgacha jamoadosh bo‘lishgan.
"Biz ispanlar ko‘pincha uni masxara qilardik, chunki biz jahon chempioni edik, u esa chempion emas edi. U yutuqlari haqida gapirganda, biz: "Mana qarang", derdik va Jahon chempionatiga ishora qilardik. Ba’zan men ataylab uning kiyinish xonasidagi joyiga Jahon chempionati bilan tushgan suratimni qo‘yardim. U: "Lekin menda to‘rtta "Oltin to‘p" bor", derdi. Men esa: "Ayting-chi, barcha "Oltin to‘p"larni Jahon chempionatiga almashtirmaysizmi?" deb savol berardim. Bu uni g‘azablantirdi. Lekin u doim mehribon edi va biz juda yaxshi chiqishardik", - deya Kasilyasning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Al Nassr Zone.
Ispaniyalik darvozabon "Real Madrid"ni 2015 yilda tark etgan, Ronaldu esa uch yildan keyin ketgan.













