Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Oliy liga. «Navbahor» - «Neftchi» (prevyu)

Oliy liga. «Navbahor» - «Neftchi» (prevyu)

Baho:
+ | -

31 may kuni Namangandagi "Markaziy" o‘yingohda mamlakat kubogining 1/8 final javob uchrashuvida "Navbahor" "Neftchi" klubini qabul qiladi.

O‘yin soat 19.00da boshlanadi.

"Navbahor" va "Neftchi" jamoalari O‘zbekiston kubogida shu kunga qadar o‘zaro 12 ta uchrashuvda kuch sinashishgan. Oldinlari raqiblar asosan yarim finalda kuch sinashganliklarini aytib o‘tish joiz. Bir bor jamoalar mamlakat kubogi finalida bahs yuritishgan. So‘nggi o‘yin esa shu yilning 23 may kuni Farg‘onada o‘tkazildi.

O‘tkazilgan 12 ta uchrashuvning oltitasida «Navbahor» g‘alaba qozongan. «Neftchi» hisobidagi yutuqlar soni esa to‘rttani tashkil etmoqda. Ikkita o‘yinda esa durang natija qayd etilgan. Durang natijalar 1995 va 1997 yillarga to‘g‘ri keladi. Dastlab Farg‘onada keyin esa Namanganda kuchlar teng kelgan. Safarda durang qayd etgan jamoalar finalga chiqishgan.

Finalga chiqish borasida «Navbahor» «Neftchi»dan ustunlikka ega. Namanganliklar 1992, 1993, 1995 yillarda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Neftchi»ni mag‘lub etish orqali hal qiluvchi final bahsida qatnashish huquqini qo‘lga kiritishgan. 1992 va 1995 yillarda «Navbahor» O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan. 1998 yili uchinchi bor billur sovringa ega chiqqan «lochinlar» finalda aynan «Neftchi»ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishgan. Joriy yilgi mamlakat kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvda «Neftchi» 1:0 hisobida ustun keldi.

O‘zaro barcha uchrashuvlarda qayd etilgan natijalar
1992 yil
Yarim final
«Neftchi» - «Navbahor» - 1:2.
«Navbahor» - «Neftchi» - 2:1.

1993 yil
Yarim final
«Navbahor» - «Neftchi» - 1:0.
«Neftchi» - «Navbahor» - 2:1.

1994 yil
Yarim final
«Navbahor» - «Neftchi» - 2:1.
«Neftchi» – «Navbahor» - 2:0.

1995 yil
Yarim final
«Neftchi» - «Navbahor» - 2:2.
«Navbahor» - «Neftchi» - 5:0.

1997 yil
Yarim final
«Navbahor» - «Neftchi» - 2:2.
«Neftchi» - «Navbahor» - 1:0.

1998 yil
Final
«Neftchi» - «Navbahor» - 0:2.

2017 yil
1/8 final
«Neftchi» - «Navbahor» - 1:0

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 17:26, 30.05.2017.
O'qildi: 3089 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик