«Yuventus» yarimhimoyachisi Sami Xedira o‘z kelajagi haqida gapirdi.
«Yuventus»ni tark etishga sabab ko‘rmayapman. Bu yerda baxtiyorman va shartnomam yakunlanguncha to‘p suraman» - dedi 30 yoshli futbolchi.
Xediraning «Yuventus» bilan imzolagan shartnomasi 2019 yilgacha amal qiladi. O‘tgan mavsumda u A seriyaning 31 o‘yinida maydonga tushib, 5ta gol urgan va 2ta golga hammualliflik qilgan.