Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Mourinyo «Real» futbolchilari uchun yangi qoidalar joriy etdi

Mourinyo «Real» futbolchilari uchun yangi qoidalar joriy etdi

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Madrid klubida yangi qoidalarni yo‘lga qo‘ydi.

AS nashrining xabar berishicha, portugaliyalik mutaxassis o‘yinchilarning kun tartibi ustidan nazoratni kuchaytirdi. Xususan, endilikda nonushta va boshqa ovqatlanish taomnomasini to‘liq diyetolog belgilaydi, vaholanki, ilgari futbolchilarda ovqat tanlashda ko‘proq erkinlik bor edi. Bundan tashqari, Mourinyo jamoa va murabbiylar shtabining birgalikda tushlik qilish tartibini joriy etdi.

Intizomga bo‘lgan talablar ham o‘zgardi. Madrid jamoasi o‘yinchilari mashg‘ulotlar boshlanishidan bir soat oldin bazaga yetib kelishlari shart. Kechikib kelganlarni jamoadan alohida tarzda sport zalida individual mashg‘ulotlar kutmoqda. Shu bilan birga, pul jarimalari solinmaydi. Bu qoida mavqeidan qat’i nazar, barcha futbolchilarga tatbiq etiladi.

Shuningdek, Mourinyo jarohatlardan keyingi tiklanish jarayoni ustidan nazoratni ham kuchaytirdi. Jarohat olgan o‘yinchilar ertalab va kechqurun klub bazasida reabilitasiyadan o‘tishlari shart, bazadan tashqarida davolanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Manbaga ko‘ra, yangi talablar jamoa ichida hech qanday norozilik keltirib chiqarmagan.

Kiritildi: 03:18, 08.08.2026.
O'qildi: 2357 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик