"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu YECHL finalida "Yuventus" bilan uchrashuvda hisobni ochdi.
Portugaliyalik futbolchi chempionlar ligasining uchta hal qiluvchi uchrashuvida gol urgan birinchi futbolchi bo‘ldi.
Avvalroq, Ronaldu 2007/08 mavsumi finalida, «MYU» tarkibida «Chelsi»ga gol urgan edi (1:1, pen: 6:5). So‘ngra 2013/14 mavsumi finalida, «Real» tarkibida «Atletiko» darvozasini penaltidan ishg‘ol etgan edi (4:1).