Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Lasio 1-1 Komo
11/01 01:00 Rayo Valyekano 2-1 Selta
11/01 18:00 Alaves 0-1 Jirona
11/01 19:00 Empoli 1-3 Lechche
11/01 19:00 Udineze 0-0 Atalanta
11/01 20:15 Valyadolid 1-0 Betis
11/01 22:00 Torino 1-1 Yuventus
11/01 22:30 Espanyol 1-1 Leganes
12/01 00:45 Milan 1-1 Kalyari
12/01 01:00 Sevilya 1-1 Valensiya
12/01 16:30 Jenoa - Parma
12/01 18:00 Las-Palmas - Xetafe
12/01 19:00 Venetsiya - Inter
12/01 20:15 Atletiko - Osasuna
12/01 22:00 Bolonya - Roma
13/01 00:45 Napoli - Verona

Fyodor Smolov: «Eng esda qolarli golni Konfederasiyalar kubogida nishonlashdan umidvorman»

Fyodor Smolov: «Eng esda qolarli golni Konfederasiyalar kubogida nishonlashdan umidvorman»

Baho:
+ | -

«SE» nashri o‘z odatiga ko‘ra, mavsum yakunlari bo‘yicha keng miqyosli so‘rov o‘tkazdi. Rossiya premyer-ligasida ishtirok etgan 16ta jamoaning naq 176 nafar futbolchisi bergan ovozlar hisob-kitobiga asosan, «Krasnodar» hujumchisi Fyodor Smolov ketma-ket ikkinchi marta mavsumning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi. Rus hamkasblarimiz «Temirni qizig‘ida bos» maqoliga amal qilib, darhol ekspress-intervyu uyushtirdilar. Vaholanki, Rossiya elit ligasining 2 karra eng yaxshi to‘purari va eng yaxshi futbolchisi chempionat tugagach, darhol Parijga yo‘l olgandi, albatta, ta’til uchun.

- «Spartak» chempion bo‘ldi, uning tarkibida Promes, Glushakov, Zobnin, Fernando kabilar o‘zlarini ko‘rsatishdi. Ammo hamkasblaringiz eng yaxshi futbolchi sifatida yana sizni tanlashdi. Ketma-ket ikkinchi marta bosh laureatga aylanganingizdan «shok» holatiga tushgandirsiz...

-  Nega endi «shok»ka tushishim kerak?! Axir yana yevrokubok yo‘llanmasiga ega chiqqan jamoada to‘p surdim. Qolaversa, ketma-ket ikkinchi mavsum mamlakatning eng yaxshi to‘purari bo‘ldim. Yo‘q, ortiqcha hayratlanish noo‘rin. Faqat alohida aytishim kerak, bu e’tirof juda yoqimli. Ayniqsa, hamkasblar bergan ovozlar bo‘yicha tan olinish ikki hissa g‘urur uyg‘otadi.

- O‘z anketangiz: 1. Smolov; 2. Fernando; 3. Promes. Demakki, 1-o‘ringa o‘zingizni qo‘ygansiz... Ko‘pchilik oldida xudbindek ko‘rinib qolishdan cho‘chimadingizmi?

-  Aslida kuchli uchlikni hazil tariqasida shunday tuzgandim, biroq kimlardir «tanlov»imni jiddiy qabul qildilar, shekilli. Nima derdim, bu endi mening muammom emas... Manmanlik masalasiga kelsak, faqat o‘zini o‘ylaydigan kishilar toifasiga kirmasligim aniq. Agar rostini aytsam, «Krasnodar» bilan xayrlashadigan Volodya Bistrovmeni shunday ovoz berishga undagandi. Ochig‘i, uning xohishiga qarshi borolmadim (kuladi).

 - Smolov - Rossiya premyer-ligasining eng yaxshi to‘purari, «Krasnodar» - YEL yo‘llanmasi sohibi. Hammasi  zo‘r, ammo oldinroq ham bunaqasi kuzatilgandi. Aniqroq gapirsak, atigi 1 yil avvalgi holat takrorlandi. Xo‘sh, oldinga qadam tashlash o‘rniga bir joyda turib qolgandek bo‘lmayapsizmi? To‘g‘ri, bu joy ancha baland, albatta.

- Rossiya chempionatida bosh to‘p-urarga atalgan sovrin yutish asnosida e’tiborga tushishni orzu qiladigan futbolchilar juda ko‘p. Shuningdek, chamasi  10ta jamoa borki, ular kuchli to‘rtlikka kirishdan bag‘oyat xursand bo‘lardi. Agar jiddiy gapirsam, klubimizning ob’ektiv saviyasi shu va eng yuqori o‘rin uchun kurashish yo‘lida barcha yigitlar o‘z o‘yinlarini kuchaytirishlari shart. Muhimi, o‘sish uchun imkoniyatlar yetarli: shaxsiy yangi stadion, aqlga sig‘mas darajadagi akademiya, imidj... Umuman, «Krasnodar» butun mamlakatda tobora tanilmoqda.

- Promes va Glushakov «Instagram» tarmog‘i orqali sizni to‘purarlar poygasidagi g‘alaba bilan alohida tabriklashdi. «Spartak» bosh murabbiyi Karreradan esa boshqa klublarda o‘ynagan futbolchilar orasida eng yaxshisini aytishini so‘rashganida, u darhol familiyangizni tilga oldi. Shu yo‘sinda «Spartak»ka nisbatan qiziqishingizni orttirishga urinishyapti, shekilli...

- «Instagram»dagi qutlov o‘z yo‘liga. Qolgani esa suhbat boshida transfer ishini muhokama qilmaslik xususidagi kelishuvimizga to‘g‘ri kelmaydi.

- Bilishimizcha, 10 million yevroga teng yillik maoshni o‘z ichiga olgan Xitoy klublari taklifi hamon kuchda ekan. Hattoki, xitoylik jurnalistlarga intervyu ham beribsiz - nima uchun?

- Xitoyliklar holu jonimga qo‘yishmayapti! Titan Plus nashriga berilgan intervyu? Xo‘sh, milliardlab auditoriyaga ega media bilan nega gaplashib ko‘rmasligim kerak?!

- Konfederasiyalar kubogida milliy jamoaning qaysi pozisiyasida qanday futbolchilar qurshovida o‘ynashingiz mumkin, bu borada tushunchangiz bormi?

- Tushunarliki, hammasi taktik uslub hamda murabbiylarga bog‘liq. Harqalay, men futbolchiman va asosiy majburiyatim aynan murabbiylar ko‘rsatmalarini bajarish.

- Kokorin, Mamayev va Shatov Konfederasiyalar kubogi «zayavka»sidan chetda qolishdi. Nima, ular jamoaga naf berolmaydilarmi? Sizningcha, Kokorin va Mamayevni sport nuqtai nazari tufayli olishmaganmi yoki bunda Monte-Karlodagi ko‘ngilxushlik kechasi ta’siri bor?

 - Albatta, Shatov va Mamayev bilan muntazam gaplashib turaman va ular uchun qayg‘uryapman. Chunonchi, aniq bilaman, ikkisi ham terma jamoada o‘ynash orzusida edi, biroq murabbiylar boshqacha qarorrga kelishdi.

 - O‘zi Rossiya terma jamoasiga avvaliga fuqarolikni qabul qilib, keyin hal qiluvchi pallada burnini davolatish uchun tarixiy vataniga uchib ketadigan xorijlik futbolchi kerakmi?

- Bu savolni milliy jamoamiz rahbariyati oldiga qo‘yish o‘rinliroq. Faqat shuni aytishim mumkin, Mariya yaxshigina o‘yinchilik sifatlariga ega va Rossiya termasini kuchaytirishga qodir, xususan, eng yuqori darajada ham. Futbolchining jarohatiga kelsak, bu borada aniq ma’lumotim yo‘q va  uni muhokama qilolmayman. O‘ylaymanki, Fernandes pozisiyasida Igor Smolnikov munosib to‘p surish salohiyatiga ega.

- «Instagram»da bir qiz bilan tushgan suratingiz paydo bo‘ldi. Ko‘pchilik haqiqatni bilmoqchi - u kim? Barchani qiziqtirayotgan yana bir savol: Fyodor Smolov avvaliga uylanadimi yoki chempion bo‘ladi?

- Ko‘ramiz, munosabatlarimizdan nima chiqarkin? Oila qurish birinchi masalami yoki chempionlikka erishish? Vaqt ko‘rsatadi. Hozir 2 yilcha oldingidek, shaxsiy hayotim emas, asosan futbolni muhokama qilayotganimizdan xursandman. Marhamat, keyingi savol...

- Mavsum-2016|2017 davomida kuzatilgan qaysi 3ta voqeani tezroq unutishni va aksincha, nimalar xotirangizda abadiy muhrlanishini xohlaysiz?

- Yoqimsizlarini unutishga ulgurdim (kuladi). Esda qolarli voqealarga kelsak, avvalo, gollar yodimda qolsa kerak. Ayniqsa, chempionat o‘yinida «Terek» darvozasiga urilgani. Axir penaltidan to‘g‘ri zarba bermay, Pavel Mamayev bilan «kombinasiya» uyushtirgandik. YEL safar o‘yinida «Nissa» darvozasiga yo‘llangan gol esa yevrofutbol o‘lchamlari bo‘yicha juda chiroyli chiqdi, menimcha. Yana Gana termasiga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinida urgan golim jamoamizga yangi murabbiy qo‘l ostidagi ilk g‘alaba (1:0)ni tortiq etgani bilan ahamiyatli. Aytgancha, milliy jamoamiz uchun mavsum hali yakunlangani yo‘q va eng esda qolarli golni Konfederasiyalar kubogida nishonlashdan umidvorman.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:43, 05.06.2017.
O'qildi: 3002 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.