Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

FIFA JCH-2026 ishtirokchilari uchun klublarga mablag‘ ajratadi: O‘zbekiston klublari qancha ishlab olishi mumkin?

FIFA JCH-2026 ishtirokchilari uchun klublarga mablag‘ ajratadi: O‘zbekiston klublari qancha ishlab olishi mumkin?

Baho:
+ | -

Jahon chempionatida qatnashadigan futbolchilarning klublariga har bir kun uchun 9 ming yevrodan ziyod kompensasiya to‘lanadi.

FIFA 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadigan futbolchilar uchun ularning klublariga yirik miqdorda mablag‘ ajratishni rejalashtirmoqda. COPE nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, turnirga jalb etilgan har bir o‘yinchi uchun klublarga kuniga 9 ming yevrodan ko‘proq tovon puli to‘lanishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumki, O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. Demak, mahalliy Superliga klublari ham o‘z futbolchilari orqali xalqaro tashkilotdan katta moliyaviy daromad olishi mumkin.

To‘lovlar qanday hisoblanadi?

FIFA kompensasiya miqdorini futbolchi milliy jamoa yig‘iniga rasman qo‘shilgan kundan boshlab hisoblaydi. Bunga nafaqat turnirning o‘zi, balki musobaqa oldidan o‘tkaziladigan tayyorgarlik yig‘inlari ham kiradi.

Agar O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani guruh bosqichidan so‘ng yakunlasa, futbolchilar o‘rtacha 17–18 kun davomida terma jamoa ixtiyorida bo‘lishadi. Bunday holatda klub birgina futbolchi uchun kamida 162 ming yevro (taxminan 2 milliard 187 million so‘m) atrofida mablag‘ ishlab oladi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Milliy futbol markazida mundialga hozirlik jarayonining navbatdagi bosqichini o‘tkazmoqda.

Kiritildi: 10:11, 13.05.2026.
O'qildi: 412 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик