Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 0-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Anchelotti qaysi murabbiyning shogirdlarini bokschilarga o‘xshatgan?

Anchelotti qaysi murabbiyning shogirdlarini bokschilarga o‘xshatgan?

Baho:
+ | -

Karlo Anchelotti Yevropaning 4 ta kuchli chempionatida g‘alaba qozongan birinchi murabbiyga aylandi. Germaniyada “Bavariya”, Italiyada “Milan”, Angliyada “Chelsi” va Fransiyada “PSJ” bilan chempionlik nashidasini surgan. Bundan tashqari, Anchelotti Chempionlar ligasida uch marotaba g‘alaba qozongan yagona murabbiydir (“Milan” bilan ikki marotaba va bir marotaba “Real” bilan). O‘zining yaqindagina chiqqan kitobida Karlo qay tarzda bu darajaga yetganligini aytib o‘tgan.

Vengerning “Arsenali” haqida

— Agar siz to‘pni nazorat qilishni yaxshi ko‘radigan “Arsenal”dek jamoaga qarshi o‘ynasangiz, ular bilan sal qo‘polroq harakat qilishingiz kerak. Yuqori pressing va o‘z imkoniyatini sabr bilan kutib harakat qilish lozim. To‘p ularda ekanligidan xavotirda bo‘lish kerak emas, chunki bu sizga qarshi hujum uchun ajoyib imkon tug‘diradi.

Mourinyoning o‘yin uslubi

— U to‘p o‘tkazib yuborishni yomon ko‘radi, Mourinyoni uzoq vaqt tabloda 0:0 ekanligi xavotirga solmaydi. Hisob ochilmasligi unga hech qanday bosim o‘tkazmaydi. Uning jamoasi xuddi bokschilar singari harakat qilishadi. 11 raundda chidab kelib, 12 raundda raqibni nokautga solib qo‘yadi. O‘yin davomida raqibni charchatib, oxirida ularni yanchishadi.

Gvardiolaning omad kaliti haqida

— To‘pni nazorat qilish uning omad kaliti hisoblanadi. To‘p uning jamoasida bo‘ladi, buni tushunish va bunga ko‘nikish kerak. Gvardiola jamoasi bilan to‘p borasida bahslashish juda qiyin, biroq bu unchalik ham yomon emas. Agar sizda to‘p bo‘lmasa, ko‘p muammolar chetda qolib ketadi. O‘yinni buzish, jamoa hujumini buzish va to‘xtatish, himoyada bir maromda harakat qilishni xohlagan jamoa o‘yinchilariga o‘rgatish mumkin. Yaratuvchanlik va ijodiylikka o‘rgatish juda ham qiyin. Bu o‘yinchining o‘zida bo‘lishi kerak. Jamoada esa 11 nafar yaratuvchanlik qobiliyatiga ega o‘yinchini sotib olish imkoni yo‘q.

Ideal o‘yin sxemasi haqida

— Men qaysi jamoani boshqarmay, avval jamoa o‘yinchilarining imkoniyatlariga qarayman. Asosiysi o‘yin sxemasi emas, asosiy narsa futbolchilar qaysi o‘yin sxemasi asosida va qaysi pozisiyada yaxshi harakat qilishlarida. Shundan kelib chiqqan holda sxema tuzish osonroq. Biroq, men o‘ylaymanki, eng optimal variant bu 4+4+2 sxemasi. Bu sxema, eng avvalo, himoyada yaxshi harakat qilishni ta’minlaydi. Jamoa to‘rtburchak shaklida harakat qiladi. Bunda esa himoyadan hujumga va aksincha hujumdan himoyaga qaytish juda ham osondir.

Jahl

— Men futbochilarning xatosiga jahl qilmaydigan odamman. Ular penaltini aniq amalga oshirolmasliklari yoki bo‘sh darvozaga gol urolmasliklari mumkin. Bu hammada ham bo‘lib turadi. Buning uchun men shogirdlarimdan xafa bo‘lmayman. O‘z ishi uchun jon kuydirmaydigan va o‘z jamoadoshlarini hurmat qilmaydiganlar mening jahlimni chiqarishadi.

Pul

— Odamlar mendan ko‘pincha “Nima uchun sizdan ko‘ra futbolchilarga ko‘proq maosh to‘lashadi?” deb so‘rashadi. Men uchun pul birinchi o‘rinda turmaydi, men hamisha g‘alaba uchun harakat qilaman. Bu meni ruhlantiradi.

Manba: penalti.uz
Kiritildi: 23:39, 07.06.2017.
O'qildi: 6881 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.