«Portu» klubi Serjiu Konseysauni bosh murabbiy etib tayinlaganini e’lon qildi.
42 yoshli mutaxassis bu lavozimda Nunu Espiritu Santu o‘rnini egalladi.
Serjiu Konseysau murabbiylik faoliyatini 2012 yilda boshlagan. U Portugaliyaning «Olyanense», «Akademika», «Braga», «Vitoriya» (Gimaraynsh) va Fransiyaning «Nant» klublarida ishlagan.
"Portu" Portugaliya chempionatining o‘tgan mavsumida 2-o‘rinni egallagan.