Zlatan Ibrohimovich erkin agent maqomida «Milan» klubiga o‘tishi mumkin.
Tuttosport xabariga ko‘ra, Mino Rayola mijozining xizmatini «rossoneri» rahbariyatiga taklif qilmoqda. Shartnoma imzolash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asosiy muammo – uning yoshi va maoshining juda katta ekanidir.
Ayni paytda Ibrohimovich og‘ir jarohatidan so‘ng tiklanish jarayonini o‘tamoqda. U 8-9 oydan so‘ng safga qaytadi.
Eslatib o‘tamiz, Ibrohimovich 2010-2012 yillarda «Milan» tarkibida to‘p surgan edi.