Turkiyalik xavbek Arda Gyuler Madridning «Real» klubini tark etib, faoliyatini Fransiya Liga 1'da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Goals Zone xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ketma-ket ikki marta UYEFA Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan «PSJ» yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Parij grandi rahbariyati Gyulerning transferi uchun 120 million yevro ajratishga tayyor.
Ardaning «qirollik» klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Yakunlangan mavsumda yarim himoyachi «qaymoqranglilar» safida 51 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Gyuler o‘z hisobiga 6 ta gol va 14 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.













