Rossiya premyer ligasi vakili, Grozniy shahrining «Terek» klubi o‘z nomini o‘zgartirdi.
Rahbariyat qaroriga ko‘ra, bundan buyon klub «Axmat» nomi ostida o‘ynaydigan bo‘ldi.
Jamoa Chechenistonning birinchi rahbari Axmat Qodirov sharafiga shunday deb nomlandi.