Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Server Jeparov: «34 yoshimda JCHga yo‘l olib, mamlakat qahramoni bo‘lishni istardim»

Server Jeparov: «34 yoshimda JCHga yo‘l olib, mamlakat qahramoni bo‘lishni istardim»

Baho:
+1 | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Server Jeparov Eronga qarshi o‘yin oldidan OFK rasmiy saytiga intervyu berdi. Suhbat chog‘ida Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi JCHga chiqish istagi bor ekanini yashirmadi.

“Barchasi juda oddiy – biz saralash bosqichidagi qolgan uch o‘yinda g‘alaba qozonishimiz kerak, o‘shanda pley-off bosqichida o‘ynamaymiz va Jahon chempionatiga avtomatik ravishda yo‘l olamiz. So‘nggi 8 yil davomida, ayniqsa, bundan avvalgi saralash bosqichida kuchli tarkib bilan harakat qildik. Bu men o‘ynagan eng kuchli avlod edi”, – dedi Jeparov.

Server Jeparov 34 yoshida JCH–2018 musobaqasiga chiqish orqali mamlakat qahramoni bo‘lish istagi haqida ham so‘zladi.

“G‘alaba qozonish nafaqat men uchun, balki O‘zbekiston aholisi uchun motivasiya bo‘lardi. Chunki mamlakat termasi Jahon chempionatida ishtirok etmagan. 34 yoshimda JCH–2018 turniriga yo‘l olib, mamlakat qahramoniga aylanilni xohlardim”, – dedi yarim himoyachi  

Tajribali yarim himoyachi O‘zbekiston termasi JCH–2014 turniriga chiqishga juda yaqin kelgani va qo‘ldan boy berilgan imkoniyatdan keyin ketish haqida o‘ylaganini aytib o‘tdi.

“Biz yaxshi o‘ynagan edik va JCH–2014 turniriga chiqish uchun bitta gol kamlik qilgandi. Bundan afsusda edik. Janubiy Koreya termasi Eronga mag‘lub bo‘lganini eshitgach, qo‘ldan boy berilgan barcha imkoniyatlardan afsusga tushgandik. Men termadan ketishni va umuman futbol ko‘rmaslikni istagandim”, – deb esladi Server Jeparov.

Eron JCH–2018 saralash bosqichida 7 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta g‘alaba va 2 ta durang qayd etdi. Karlush Keyrush shogirdlari birorta ham o‘yinda gol o‘tkazib yubormadi. Shunga qaramay, Server Jeparov ertangi o‘yin oldidan ijoyib kayfiyatda ekanini aytdi. Chunki O‘zbekiston 2012 yili Tehronda Eronni mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘lgandi.

“Istalgan jamoa bilan o‘ynay olishimiz bizga ishonch beradi, hatto safar o‘yinlarida ham. Biz guruhdagi eng kuchli raqibni mag‘lubiyatga uchratish imkoniyatiga ishonamiz va aynan shu narsa bizda ishonch tug‘diradi. Raqibni mag‘lubiyatga uchratish uchun 100%, hatto 120% kuchimizni berishimiz kerak bo‘ladi. Barcha 11 futbolchi bir jamoa bo‘lib o‘ynashi talab qilinadi”, – deydi o‘zbekistonlik yarim himoyachi.

Avvalroq O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Geynrix FIFA rasmiy saytiga intervyu bergandi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 16:53, 11.06.2017.
O'qildi: 7268 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.