Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Faqat.uz blogida: Shota Arveladze «Paxtakor»da 1 mln dollar maosh oladimi?

Faqat.uz blogida: Shota Arveladze «Paxtakor»da 1 mln dollar maosh oladimi?

Baho:
+ | -
Aprel oyida Toshkentning “Paxtakor” jamoasi aksiyalarini milliarder Alisher Usmonov sotib olgani haqida xabar tarqalgandi. Biroq keyinchalik bu xabar “Paxtakor” rahbariyati tomonidan inkor etilgandi.   Ammo jamoada so‘nggi oylarda bo‘layotgan yangiliklar klub hissadorlari orasida yangi figuralarning paydo bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Toshkentdagi “Paxtakor” stadioni qayta ta’mirlanishi, to‘la futbolga moslanishi haqidagi xabar ortidan Shota Arveladzening klub bilan ikki yillik shartnoma imzolagani e’lon qilindi.   “Paxtakor” jamoasidan Samvel Babayanning ketishining o‘zi katta yangilik va bu holat rahbariyatdagi o‘zgarishlarning yaqqol isboti bo‘la oladi. Shotaning kelishi esa O‘zbek futboliga katta sarmoya kirganini ko‘rsatmoqda. Chunki: 2015 yil yozida Turkiyaning “Trabzonspor” klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan Shota Arveladzening yillik maoshi 1 million 200 ming yevro etib belgilangandi.   O‘tgan yilning yozida esa Isroilning “Makkabi” (Tel-Aviv) jamoasi bilan shartnomaga imzo chekkan Shota bir yilga 800 ming yevro olishi e’lon qilingandi.   Endi, o‘ylab ko‘raylik, bizdan ancha kuchli ligalardan talab yetarli bo‘lgan va “Paxtakor”dan ancha kuchli klublarda yiliga eng kamida 1 million dollardan shartnoma imzolagan Shota undan kamiga O‘zbekistonga keladimi?   Ortidan navbatdagi savol tug‘iladi: Yiliga murabbiyga shuncha to‘lagan “Paxtakor” mavjud futbolchilari bilan undan natija talab qila oladimi? Demak, navbatda yirik transferlar! Bu ham o‘z navbatida navbatdagi millionlab dollarlarni tashkil etadi.   Xo‘sh, bu xarajatlarni amalga oshirayotgan Alisher Usmonovmi? Agar Usmonov bo‘lmasa, o‘zbek futboliga bunday katta sarmoya kiritayotgan kim? “Paxtakor” buni qachon ochiqlab beradi? Futbolimizga biroz oydinlik kiritish davri kelgani ayon bo‘lib qoldi.
Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:09, 12.06.2017.
O'qildi: 13972 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик