Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Eronga qarshi bahs hakamining «progressi» shu o‘yinga bog‘liqmi?

Eronga qarshi bahs hakamining «progressi» shu o‘yinga bog‘liqmi?

Baho:
+1 | -

Abdulloh Muhammad al Hilolidan so‘ng Osiyo maydonida mamlakat nomini tanitadigan hakam ko‘rinmayotgan edi. 33 yoshli Ahmad al Kaaf bu bo‘shliqni to‘ldirish uchun jiddiy harakat qilyapti. Osiyo hakamlar qo‘mitasi uning «progressi»ga jiddiy e’tibor beryapti. Bu e’tibor samarasi o‘laroq, 8-turning eng muhim bahsiga (Eron - O‘zbekiston) aynan uning tayinlangani ham ushbu hakam faoliyatida jiddiy burilish yasasa, ajabmas.

JCH-2018 turniri saralash bosqichi «A» guruhi 8-turida O‘zbekiston terma jamoasi safarda Eronga qarshi bahs olib boradi. Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) bo‘lajak o‘yinga rasmiylarni tayinladi.

Ummonlik FIFA referisi Ahmad Abu Bakar Said al Kaaf mazkur o‘yinda bosh hakam vazifasini bajaradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Hamid Sulaymon Marhun al Mahayi hamda Abu Bakar Salim Mahad al Amri yordam berishadi. Umar Muborak Mazarua al Yoqubiy (Ummon) zaxira hakami sifatida ishlaydi.

Hakamlar ishiga malayziyalik Muhammad Solih Subhiddin baho beradi. Uchrashuv komissari etib yaponiyalik Kaise Tomoxiro tayinlandi. Xavfsizlik bo‘yicha ofiser - Tara Singx (Malayziya).

Eslatib o‘tamiz, Eron - O‘zbekiston uchrashuvi 12 iyun (dushanba) kuni Tehrondagi «Ozodi» stadionida o‘tkaziladi. O‘yin mahalliy vaqt bilan soat 21:15 (Toshkent vaqti bilan 21:45)da boshlanishi rejalashtirilgan.

Quyida ushbu hakamning umumiy profiliga nazar tashlaymiz:

Ahmad Abu Bakar Said al Kaaf 1983 yilda tavallud topgan. 2010 yildan FIFA ro‘yxatiga kiritilgan. Osiyo miqyosidagi musobaqalarga ilk marta 2014 yilda OFK kubogi orqali kirib kelgan.

Ahmad al Kaaf O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ishtirokidagi o‘yinda ishlagan. Mazkur voqea 2016 yil 16 yanvarda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati guruh bosqichidagi O‘zbekiston (U-23) - Iroq (U-23) bahsi(2:3)ga to‘g‘ri kelgan. Qolaversa, bu hakam OCHLda ham klublarimiz ishtirokidagi bahslarda ishlagan.

Worldreferee.com veb-saytida ma’lumot keltirilishicha, u klublar va terma jamoalar ishtirokida 41ta xalqaro o‘yinni boshqargan. Jami 12ta penalti belgilab, futbolchilarga 6ta qizil va 128ta sariq kartochka ko‘rsatgan. Yirik miqyosdagi musobaqalarda hozircha ishlamagan.

O‘tgan yil noyabrda bo‘lib o‘tgan Qatar - Suriya bahsi davomida har ikki terma jamoaning jismoniy jihatdan u qadar kuchli bo‘lmagan futbolchilari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarning oldini olishga ko‘p urindi.

O‘z o‘rnida, mazkur bahsning 37-daqiqasida belgilangan penalti va uning Hassan al Haydos tomonidan qanday ijro etilgani bilan bog‘liq savollarga to‘xtalsak. Aslida, bu yerda savolning o‘zi yo‘q. Shunchaki, Suriya termasi mezbonlarning kuchli qarshiligiga duch kelishdi. Pressing borasidagi muammolar suriyaliklarga gol urish imkonini bermadi.

O‘yin davomida hakam har bir vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatishga intildi. JCH-2018 saralashi doirasida 6ta bahsda ishladi. Atigi 2ta penalti belgiladi va qizil kartochka ko‘rsatmadi. Har ikki jamoa a’zolarining ijodkorligiga erkinlik beradi, maydonning yakkakurashlar kechayotgan qismiga u qadar intilmaydi, lekin vaziyatni ham nazardan qochirmaydi.

Fakt o‘rnida. Ayni payt Ummondan 6 nafar bosh hakam FIFA rees­triga kiritilgan. Ular quyidagilar: Abdul Boqi Yoqub (2010), Ahmad al Kaaf (2012), Umar al Yoqubi (2013), Mahmud Salim Said al Majarafi (2014), Xolid Marxun Sulaymon al Shaqsi (2015), Qosim Matar Ali al Hatmi (2016). Bundan tashqari, 8 nafar assistent ham FIFA reestriga kiritilgan. Futzal va plyaj futbolida esa bir nafardan FIFA referisi ishlamoqda.

UMMONLIK HAKAMLAR VA O‘ZBEKISTON termasi

Worldreferee.com saytida keltirilishicha, 1996 yil dekabrdan boshlab milliy terma jamoamiz ishtirokidagi 6ta o‘yinda ummonlik hakam ishlagan (bu borada eng ko‘p ulush BAA vakillariga to‘g‘ri keladi - 16ta uchrashuv). Ular orasida eng mashhuri, shubhasiz, al Hiloli edi. Quyida uning terma jamoamiz bilan bog‘liq o‘yinlariga to‘xtalib o‘tamiz.

Sana

Musobaqa maqomi

Raqib (uy, safar, betaraf maydon, hisob)

Sariq kartochka olganlar

Abdulloh Muhammad al Hiloli

2011 yil 16 yanvar

OK-2011

Xitoy (b) (2:2)

A.Haydarov (27), A.Ismoilov, (55), T.Kapadze (66)

2012 yil 8 iyun

JCH-2014 saralashi

Livan (s) (1:1)

I.To‘xtaxo‘jayev (33), A.Geynrix (38), J.O.Hasanov (80)

2015 yil 17 noyabr

JCH-2018 saralashi

Yaman (s) (3:1)

A.Haydarov (84)

 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:03, 12.06.2017.
O'qildi: 6419 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.