«Real Sosyedad» hujumchisi Mikel Oyarsabal Madridning «Atletiko» klubi transfer nishoniga aylandi.
Diario Sport xabariga ko‘ra, «matraschilar» Ispaniya terma jamoasining 29 yoshli futbolchisi bo‘yicha allaqachon «ijobiy» muzokaralar o‘tkazgan. Jahon chempionati yakunlangach, «Atletiko» hujumchi transferi ustida faol ishni boshlashi kutilmoqda.
Mikel Oyarsabal Diyego Simeone jamoasida «Barselona» da’vogarlik qilayotgan Xulian Alvaresning o‘rnini egallashi taxmin qilinmoqda. Argentinalik futbolchi yozgi transferlar oynasida jamoasini o‘zgartirish istagini omma oldida ma’lum qilgan edi.
Yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan JCH-2026 finalida Oyarsabal safida bo‘lgan Ispaniya terma jamoasi aynan Alvares harakat qiladigan Argentinaga qarshi maydonga tushadi.













