Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Deklan Rays JCH-2026 yarim finalida Argentinaga qarshi o‘yinda qizil kartochka olish xavfi ostida qolgan edi.
Londonning «Arsenal» klubi vakili raqiblari oldiga borib, og‘zini to‘sgan holda ularga nimadir degan. Yangi «Prestianni qoidasi»ga ko‘ra, bu holat chetlatish bilan jazolanishi kerak, biroq ingliz futbolchisi sanksiyalardan qutulib qoldi va 82-daqiqagacha o‘ynab, so‘ngra zaxiraga olindi. Argentinaliklar «uch sherlar» xavbekiga qizil kartochka talab qilishmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq jahon chempionatida xuddi shunday qilmishi uchun paragvaylik Migel Almiron va ekvadorlik Pyero Inkapye maydondan chetlatilgan edi. «Prestianni qoidasi» mundial boshlanishidan sal oldin joriy etilgan edi.
Angliya terma jamoasi Argentinaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.













