Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 2-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

JCH–2018 saralashi. O‘zbekiston terma jamoasi safarda Eronga mag‘lub bo‘ldi

JCH–2018 saralashi. O‘zbekiston terma jamoasi safarda Eronga mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-turini Tehronda Eron termasiga qarshi o‘tkazdi. “Ozodi” stadionida bo‘lib o‘tgan bellashuvda maydon egalari 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 4-daqiqasida Stanislav Andreev oyog‘ini noqulay tarzda qayirib oldi va maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Uning o‘rniga Davron Xoshimov tushdi. 23-daqiqada Sardor Azmun darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqdi va vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni ochdi – 1:0. Birinchi bo‘limda boshqa gol kiritilmadi va jamoalar tanaffusga Eronning kichik ustunligida chiqib ketdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida, aniqrog‘i, bellashuvning 48-daqiqasida bosh hakam Aleksandr Lobanov darvozasi tomon penalti belgiladi. Eron termasi sardori Mas’ud Shojayi 11 metrlik zarbasini aniq ijro eta olmadi. O‘yin yakunida, ya’ni, 88-daqiqada Mehdi Tarimi hisobni oshirdi – 2:0. Uchrashuv aynan shu hisobda tugadi.

Mazkur g‘alabadan keyin Eron terma jamoasi ochkolari sonini 20 taga yetkazib, Osiyodan birinchi, jahon miqyosida esa Braziliyadan keyin ikkinchi bo‘lib JCH–2018 turniriga yo‘llanma oldi. O‘zbekiston termasi 12 ochko bilan uchinchi pog‘onada qoldi.

JCH–2018 saralashi
Tehron, “Ozodi”
12 iyun, dushanba
Eron – O‘zbekiston 2:0 (1:0,1:0)
Gollar: Sardor Azmun (23), Mehdi Tarimi (88)
Ogohlantirishlar: Sardor Azmun (75) – Vadim Afonin (28), Davron Xoshimov (90)
Amalga oshirilmagan penalti: Mas’ud Shojayi (50)
Eron: Alirizo Beiranvand, Milod Muhammadi, Jalol Hussayni, Said Izzatullohi, Mas’ud Shojayi (Ashkan Dejaga, 70), Murtazo Puraliganji, Ali Karimi, Mehdi Taremi (Rizo G‘ochannajod, 90), Alirizo Jahonbaxsh (Vohid Amiri, 45), Ramin Rezoian, Sardor Azmun.
O‘zbekiston: Aleksandr Lobanov, Stanislav Andreev (Davron Xoshimov, 6), Anzur Ismoilov, Yegor Krimes, Akmal Shorahmedov, Vadim Afonin (Sardor Rashidov, 53), Aziz Haydarov, Igor Sergeev, Odil Ahmedov, Eldor Shomurodov, Temurxo‘ja Abduxoliqov (Jaloliddin Masharipov, 65).

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 23:38, 12.06.2017.
O'qildi: 12366 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.