Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Klarens Zeedorf: «Qiyinchiliklardan kuch olganman»

Klarens Zeedorf: «Qiyinchiliklardan kuch olganman»

Baho:
+ | -

Chempionlar Ligasi finalida «Real» «Yuventus»ni mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. E’tiborli tomoni, 1998 yilgi hal qiluvchi bahsda ham aynan shu jamoalar to‘qnash kelishgan, o‘shanda madridliklar zafar quchishgandi. Mazkur o‘yinda «Real» safida Klarens Zeedorf ham to‘p surgandi. Umuman olganda, gollandiya yarim himoyachi mazkur musobaqada 4 marta g‘olib chiqqan. Yaqinda Ispaniyaning Marca nashri ushbu futbolchi bilan suhbat uyushtirdi.

- YECHL finalidan oldingi kunlar qanday o‘tadi?

- Yevropaning muhim o‘yinidan oldin faqat shu haqida o‘ylashingizga to‘g‘ri keladi. Biz finalga deyarli bir oy tayyorgarlik ko‘rgandik. Bu safar «Real» ixtiyorida o‘n kun vaqt bor edi, xolos. Ammo bu bemalol dam olib, tayyorlanish uchun yetarli. Finallarda qanchalik ko‘p o‘ynasangiz, bo‘lajak bahsga shuncha xotirjam tayyorlanasiz. 1998 yili finallar biz uchun an’anaga aylanmagandi. Shu bois ham yaxshi uxlab, o‘yin haqida o‘ylamaslikka harakat qilganmiz. Esimda, Roberto Karlos bilan bir xonada tong ottirgandim. O‘sha tarkibdagilarning aksariyati do‘stlarim edi. Predrag Miyatovich, Kristian Karembyo, Viktor Sanches...

- YECHL finallarining qay birida katta bosimni his qilgansiz?

- «Ayaks» safida o‘tkazgan har bir o‘yinimiz qiyin kechgan, lekin bosim unchalik katta bo‘lmagan.

- Hal qiluvchi uchrashuvlarda hamisha muhim rol o‘ynagansiz. Nima uchun har bir futbolchi bunga qodir emas?

- Final oldidan eng muhim omillardan biri - xotirjamlik. Shuningdek, har doim o‘z kuchimga ishonganman. Ba’zida qiyinchiliklardan kuch olganman. Bosim ortib ketsa, «Bundanda muhimroq narsalar bor, axir bu hayot-mamot masalasi emas-ku», deb o‘zimga taskin berardim. Aynan o‘sha vaziyatlarda o‘sganman va o‘z kuchimga bo‘lgan ishonch yanada ortgan.

- Jamoadoshlaringizga shu energiyani o‘tkaza olganmisiz?

- Ha, ayrimlarining ruhiyati tushib ketgan paytlarda yordamlashganman. Umuman olganda, bu holat tashvishimni ko‘paytirardi. Klubdagilar o‘zimni yetakchidek tutishim kerakligini uqtirishardi. Ammo 1998 yili «Real» tarkibida yetuk futbolchilar jamlangandi. Fernando Yerro va Roberto Karlos shular jumlasidan.

- «Real»ning hozirgi tarkibida qaysi futbolchilar ularga o‘xshaydi?

- Shubhasiz, jamoa sardori Serxio Ramos. Marseloning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Toni Kroos tenglikni olib keladi. Krishtianu Ronalduning nimalarga qodirligini gapirishga hojat yo‘q. Garet Beyl ham muhim o‘yinlarda o‘zini ko‘rsata oladi.

- Siz Iskoni tanlarmidingiz yoki Beylni?

- Agar Garetda muammo bo‘lmasa, maydonga uni tushirardim. 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:23, 15.06.2017.
O'qildi: 2885 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.