Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Taekvondo bo‘yicha xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi birinchi o‘rinni egalladi

Taekvondo bo‘yicha xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi birinchi o‘rinni egalladi

Baho:
+ | -

Qozog‘istonda o‘tkazilgan taekvondo bo‘yicha xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi va mazkur musobaqada jami 7 oltin, 2 kumush va 5 bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Taekvondo (ITF) bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirning turli yo‘nalishlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Vladimir Li terma jamoamiz hisobiga ikkita oltin medalni yozdirib qo‘ydi.

Shuningdek, Yevgeniy Kim va Sevgi Mansurova bittadan oltin va bronza medalni qo‘lga kiritishdi. Janglarda esa Vadim Mun, Andrey Kim, Slava Pak o‘z vazn va yosh toifalarida birinchi o‘rinni egalladi.

Aleksandr Chetverikov hamda Yevgeniy Kim kumush medal bilan taqdirlangan bo‘lsa, Vladislav Mamayev, Sergey Nam, Lun Day kabi sportchilarimiz bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

14 medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Manba: gazeta.uz
Kiritildi: 14:04, 15.06.2017.
O'qildi: 3826 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик